6 Iyul

Amerika Qo‘shma Shtatlari Qoraqalpog‘istondagi voqealar yuzasidan xavotir bildirib, barcha taraflarni zo‘ravonlikdan tiyilish va ziddiyatlarni tinch yo‘l bilan hal qilishga chaqirmoqda. Bayonotda voqealarni “to‘liq, ishonchli va oshkora tergov qilish” zarurligi ta’kidlangan.

5 Iyul

Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tgan tartibsizliklar yuzasidan xavotir bildirdi.

O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari telefon orqali muloqot qildi.

Turkiya prezidenti O‘zbekiston rahbarining Qoraqalpog‘istonda tinchlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash bo‘yicha harakatlarini qo‘llab-quvvatladi.

1 iyul kuni Qoraqalpog‘istonda boshlangan namoyishlar ommaviy tartibsizliklarga aylanib ketdi.

4 Iyul

4 iyul kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov va Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘li o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Milliy gvardiya qo‘mondoni, Qoraqalpog‘iston komendanti Rustam Jo‘rayev videomurojaat bilan chiqib, favqulodda holat davrida fuqarolarning o‘zini qanday tutishi lozimligi bo‘yicha tushuntirishlar berdi.

Ma’lumki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida 3 iyuldan 2 avgustgacha favqulodda holat joriy etilib, ushbu davrda tungi vaqt uchun komendantlik soati amal qilishi belgilandi. Xo‘sh, favqulodda holatga nimalar kiradi? U qancha muddatga, kim tomonidan joriy qilinadi va bu davrda nimalar taqiqlanadi? Ushbu maqolamizda shu kabi savollarga qonunchilik asosida javob berishga harakat qilamiz.

Milliy gvardiyaning ma’lum qilishicha, Qoraqalpog‘istondagi namoyishlarda 250 nafarga yaqin fuqaro jarohatlangan.

1–2 iyul kunlari Nukusda ro‘y bergan ommaviy tartibsizliklar oqibatida hozirga qadar aniqlangan holatlarga ko‘ra jami 243 nafar shaxsga, jumladan 38 nafar huquq-tartibot organlari xodimiga turli darajadagi tan jarohatlari yetkazilgan. Og‘ir tan jarohatlari tufayli 18 nafar fuqaro vafot etgan.

Surishtiruv davomida ma’muriy choralar qo‘llanilgan ayrim fuqarolar qo‘yib yuborilayotgani ta’kidlandi.

3 Iyul

Turli sohalar vakillari prezident Shavkat Mirziyoyevning Nukusga tashrifi chog‘ida e’lon qilingan qaror tushunmovchilikka yechim bo‘la olishi, et va tirnoq kabi bo‘lgan ikki millatning o‘rtasi buzilmasligiga umid va ishonch bildirishmoqda.

Ko`proq yangiliklar
Top