1-2 iyul kunlari tartibsizliklarda qatnaşgani uçun voqea joylarda uşlangan 516 nafar fuqaro IIBga topşirildi. Bu haqda duşanba kuni Milliy gvardiya axborot xizmati rahbari Davron Jumanazarov ma’lum qildi. Uning ta’kidlaşiça, ular bilan suriştiruv işlari olib borilyapti, suriştiruv natijasiga köra ayrimlari ma’muriy çora qöllanganidan söng qöyib yuborilyapti.
Komendantlik tartibini buzgani uçun 110 nafar fuqaro içki işlar idoralariga topşirilgan. 12 ta avtotransport vositasi jarima maydonçasiga joylaştirilgan.
Xususan, Nukus şahrida patrullik xizmati davomida komendantlik soatiga rioya qilmagan 58 nafar şaxs uşlangan. Şundan 28 nafar şaxsga nisbatan MJtKning 204-moddasi (favqulodda holat tartibi talablarini buziş) böyiça ma’muriy bayonnomalar rasmiylaştirildi. Qolganlar bilan profilaktik suhbatlar ötkazilib, soat 7:00 dan keyin qöyib yuborilgan.
Qoraqalpoğistondagi vaziyat böyiça har kuni rasmiy ma’lumotlar berib borilişi ma’lum qilingan.
Qoraqalpoğiston aholisidan vaqtinça örnatilgan favqulodda holat rejimi talablariga rioya qiliş, belgilangan komendantlik soatlari vaqtida köçaga çiqmaslik söralgan.













