Ikki kunlik tartibsizliklar natijasida 18 kişi halok bölgan va ulardan tört nafari – harbiy xizmatçilar. 243 nafar şaxsga, jumladan, 38 nafar huquq-tartibot organlari xodimiga turli darajadagi tan jarohatlari yetkazildi.
Şuningdek, yuzaga kelgan vaziyat oqibatida qator obektlar va fuqarolarning uy-joylariga zarar yetkazilib, yana bir neçta avtomobillar yoqib yuborilgan.
Kun.uz muxbiri 3 iyul kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi markazi – Nukus şahrida bölib, ommaviy tartibsizliklardan keyingi şahar, vaziyatga guvoh bölgan fuqarolar va harbiy xizmatçilar fikrlari asosida reportaj tayyorladi.
Yoqilgan avtomobillar va zarar körgan binolar, blokpostlar, uzilgan internet, yopilgan oşxonalar-u, atrofni nazorat qilayotgan qurolli harbiylar.
Bu – noqonuniy miting va tartibbuzarliklardan keyingi Nukus köçalarining hozirgi körinişi.





Qoraqalpoğiston markaziga safar qilarkanmiz, e’tiborimizni tortgan ilk holat yoqib yuborilgan mana şu kabi avtomobillar böldi.

Anvar Abdurahmonov yuk avtomobili namoyişçilar tomonidan yoqib yuborilganlardan biri. U nukuslik, ammo lizing asosida sotib olgan yuk avtomobilining raqami Toşkent şahriga tegişli edi.

U bizga ötgan ikki kun davomida ayrim namoyişçilarning tajovuzkor millatçilikka qöl urgani haqida sözlaydi.
“Avtomobilimning yoqib yuborilişiga uning Toşkent şahriga tegişli “01” raqami sabab bölgan. Bu odamlar daladan kelgan odamlar bölgan, kimligini bilmayman. Maşinalar, uylarni toşböron qilişdi. Keç soat 21-22 lar atrofida maşinamning oldiga kelmoqçi böldim, lekin çiqolmadim.























