Turli sohalar vakillari prezident Şavkat Mirziyoyevning Nukusga taşrifi çoğida e’lon qilingan qaror tuşunmovçilikka yeçim böla olişi, et va tirnoq kabi bölgan ikki millatning örtasi buzilmasligiga umid va işonç bildirişmoqda.

Şerzodxon Qudratxöja, Özbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori:

Foto: Özbekiston Milliy media assotsiatsiyasi

— Murakkab vaziyatda töğri qaror qabul qilindi, qisqa muddat bor edi. Özbekiston lideri yetti ölçab emas, 70 marta ölçab yakka-yu yagona qaror qabul qildi menimça. Bugun Möynoqdan qaytib mulohaza qilib yurgandim: tinçlik uçun, xalq uçun, kelajak uçun, taraqqiyot uçun şunday dono qaror qabul qilindi.

Şahnoza Soatova, bloger, adliya vazirining davlat tili masalalari böyiça maslahatçisi

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

— Soat tungi 1 bölyapti, uyqu yöq, közim ijtimoiy tarmoq tasmalarida.

Prezident şaxsan özi bordi, Konstitutsiyaning öşa boblari özgarişsiz qoladi dedi. Siyosat va diplomatiyaning insoniylik qiyofasi körsatildi. Oyoq tiralmadi, zulm qilinmadi, tinglandi, dialog boşlangandek edi.

Endi şunda ham namoyişçilar tinçlanmasa, separatistlik ğoyalarini avj oldirsa, garovda davlat çegaralarining yaxlitligi va xavfsizligi turibdi. 

Köpçilik qatori men ham juda xafaman. Vaziyat şu darajaga kelganidan, qilingan xatolardan, qilinmagan töğri işlardan.. ayniqsa, kimlardir bu olovda qölini isitmoqçi bölayotganidan…

Biz divanda yotvolib siyosatşunoslik qilayotganimizda kimlardir eng oğir qarorlarni beryapti…

Özi şu paytgaça özbekdan kim nima jabr kördi? Okkupantlik qilib birovning tarixiy yerlarini bosib oldimi? Boşqa mamlakatlar içida fitna qözğadimi? Özi moy yeb qardoşiga non bermayaptimi yo? 

Mamlakatda yetti tilda ta’lim berilsa, öziga zarur maktab-u kasalxonalarni qöşnilariga qursa, doim tinçlik va hamjihatlik bölsin desa.. Qayerda birovning tili yo boşqa milliy ğururini kamsitdi? Özi bir jafokaş, tinçliksevar xalq bölsa. Qaydan ösib çiqyapti şunça adovat?