23 Dekabr

Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida mashina olib berishini aytib fuqaroning 48 million so‘m pulini o‘zlashtirgan qashqadaryolik shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Podpolkovnik Shavkat Musurmonov xizmat faoliyatida jiddiy kamchilikka yo‘l qo‘ygani uchun ishdan olingani aytilmoqda.

Surxondaryo viloyati Termiz tumanida fuqaroning ikki bosh zotdor qoramolini o‘g‘irlagan shaxslar ushlangan.

Surxondaryo viloyatida «Toza hudud» DUK filiallarida ishlovchi inspektorlar pornografik mazmundagi materiallarni yuklab olib, o‘zlariga biriktirilgan terminallarga zarar yetkazgan. Shuningdek, uyali aloqa kompaniyasidan qarzdorliklar yuzaga kelgan. Bu haqda viloyat «Toza hudud» DUK filiali xabar bermoqda.

Prezidentning "Termiz" erkin iqtisodiy zonasi hududini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

22 Dekabr

Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida fermer xo‘jaligiga tegishli yerni 33 million so‘mga sotib yuborgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

21 Dekabr

Surxondaryo viloyati Uzun tumanida fuqarolarning telefonlarini tortib olib, talonchilik jinoyatini sodir qilgan shaxslar qo‘lga olingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

20 Dekabr

Termiz shahrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida velosiped boshqarib ketayotgan shaxs vafot etgan.

Surxondaryoda faoliyati past baholangan va talabga javob bermaydigan rahbarlar bilan 2022 yilda xayrlashiladi va ularning o‘rnini shijoatli yoshlar egallaydi. Bu haqda viloyat kengashining navbatdagi sessiyasida viloyat aholisiga murojaat qilgan To‘ra Bobolov aytib o‘tdi.

Termiz shahrida mashinasini noqonuniy tonirovka qilib olgan haydovchi YPX xodimiga pora taklif qilgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Tasavvur qiling, tekis yo‘lda bir maromda ketyapsiz va to‘satdan... qarshingizda, aylanib o‘tish imkoni yo‘q masofa qolganda katta yama chiqadi, avtomobil ballonlaridan chiyillagan, kuzovidan"gursillagan" tovush eshitiladi.

Surxondaryo viloyati Denov tumanida mast holda mashina boshqarib kelayotgan haydovchi YPX xodimiga pora bermoqchi bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ko`proq yangiliklar
Top