Ustyurt Özbekistonning şimoli-ğarbiy qismida, Qoraqalpoğiston Respublikasi hududini qamrab olgan. Mintaqa Ustyurt platosi va Orol dengizi qurigan tubligini öz içiga oladi. Bu hududda asosan gazkondensat sanoat-mahsuldorlik qatlamlari yura davri çökmalari, ayrim hollarda paleozoy davri çökmalariga töğri keladi.

Press-turning boşlanişida yangi quduq oçilişiga guvoh böldik. Yer qa’ridan çiqayotgan tabiiy boylik qanday qazib olinişini, jarayonlar qanday olib borilişini öz közimiz bilan kördik.
Quduqlarda burğilaş işlarini olib borayotgan xodimlardan biri Şerali Avezov kasb maşaqqati va mehnat samarasi haqida töxtalib ötdi. Uning aytişiça, noqulay ob-havo şaroitidagi oğir mehnat quduqlar işga tuşgandan keyin unutiladi. Şerali Avezov burğilaş işlarini avtomatik ravişda kuzatib boradi. Eng kiçik detal ham uning nazaridan çetda qolmaydi.

Ötgan davr içida “Özbekneftgaz” AJ Boşqaruv raisi Mehriddin Abdullayev boşçiligida neft va gaz geologiya-qidiruv işlari olib borilgan. Natijada 18 ta yangi maydonlar burğilaş işlariga kiritilgan, 183 ming metrdan ortiq burğilaş işlari bajarilgan va 50 ga yaqin yangi quduqlarda quriliş bilan yakuniga yetkazilgan.
Umumiy qilingan işlar yakuniga köra, 5 ta yangi - Besqala, Quyi Surgil, Oraliq, Kuşqair, Ğarbiy Quyi Surgil va Quyi Şarqiy Berdaq gazkondensat konlari oçildi. 44 mlrd kub metrdan ortiq tabiiy gaz hamda 2,6 mln tonnadan ziyod suyuq uglevodorod zaxiralarini köpaytirişga erişilgan.

Uşbu orqali regionda jami oçilgan konlarning soni 25 taga yetkazildi. Ularning umumiy zaxiralari 395,6 mlrd kub metr tabiiy gaz, 96 mln tonna neft va 14,6 mln tonna gaz kondensatini taşkil qiladi.
Ustyurt gaz qazib çiqariş boşqarmasi boşliği Olim Örinboyev regionda amalga oşirilayotgan işlar, geologiya qidiruv işlarining borişi va kelajakdagi istiqbolli loyihalar haqida ma’lumot berdi. Olim Örinboyevning ta’kidlaşiça, Ustyurt regioni kam tadqiq qilingan, ammo zaxiralarga juda boy hudud hisoblanadi.

Sönggi ikki yilda 73 ta quduq burğilandi, 123 ta quduq mukammal ta’mirlandi, 10 ta texnologik obektlar qurib işga tuşirildi. Natijada esa, qöşimça tarzda 2 319,9 mln kub metr tabiiy gaz va 54,5 ming tonna gaz kondensati qazib çiqarildi.
Yuqorida ta’kidlab ötilgan geologik-texnik çora-tadbirlarning amalga oşirilişi va mavjud quduqlarni samarali işlatiş natijasida ötgan 2021 yilda boşqarmaning tabiiy gaz va gaz kondensatini qazib çiqariş reja körsatkiçlari quyidagiça böldi:
Tabiiy gaz – 3 873,9 mln kub metr (ösiş sur’ati ötgan yilga nisbatan 124,3 foiz);
Gaz kondensati – 53,0 ming tonna (ösiş sur’ati ötgan yilning mos davriga nisbatan 100,2 foiz).

Boşqarma 2022 yilda ham öz oldiga yuksak marralarni qöygan. Joriy yilda 4 696,9 mln kub metr tabiiy gaz va 65,0 ming tonna gaz kondensati qazib oliş rejalaştirilgan.
Bugungi kunda boşqarmaga qaraşli 8 ta konlarda bir kunda – 13,1 mln kub metr tabiiy gaz (2019 yilga nisbatan 7,9 mln kub metrga köp) va 115 tonna gaz kondensati qazib çiqarilmoqda.
2022 yilning yanvar-aprel oylarida boşqarma tomonidan 1 510 mln kub metr tabiiy gaz qazib çiqarilib, ösiş sur’ati 2021 yilning mos davriga nisbatan 130,6 foizni taşkil etgan.
Uglevodorodlarni qazib çiqarişni köpaytirişga qaratilgan kompleks çora-tadbirlarning öz vaqtida bajarilişi hisobiga 8 ta quduq burğilandi, 14 ta quduq mukammal ta’mirlandi, 2 ta texnologik obektlar qurib işga tuşirildi. Natijada esa, qöşimça tarzda 126,2 mln kub metr tabiiy gaz va 2,8 ming tonna gaz kondensati qazib çiqarildi.

Press-tur davomida Ustyurt gaz qazib çiqariş boşqarmasining boş muhandisi Zafar Rajabov “Arslon gazni kompleks tayyorlaş qurilmasi” haqida batafsil ma’lumot berdi. Uning aytişiça, 2019 yilda faoliyatini boşlagan uşbu qurilma yildan yilga işlab çiqariş sur’atini oşirib bormoqda.
Boşqarma tomonidan 2022 yilda jami 74 ta geologik-texnik çora-tadbirlarni amalga oşiriş, bunda 25 ta yangi gaz quduqlarini burğilaşdan işga tuşiriş, 44 ta mavjud gaz quduqlarida mukammal ta’mirlaş va intensifikatsiya işlarini olib boriş hamda 5 ta texnologik obektlarni işga tuşiriş rejalaştirilgan.
Yuqoridagilarni amalga oşiriş natijasida qöşimça 1,14 mlrd kub metr tabiiy gaz hamda 19,5 ming tonna gaz kondensati qazib çiqariş rejalaştirilmoqda.

Press-tur yakunida Ustyurt gaz qazib çiqariş boşqarmasi boşliği Olim Örinboyev geologiya qidiruv jarayoni va burğilaş işlarida samaradorlikni oşirişning yangi usuli haqida ma’lumot berdi. Uning aytişiça, yangi qöllanilayotgan usul yordamida sarf-xarajat ham, mehnat ham tejaladi. Ammo natija avvalgilariga qaraganda yuqoriroq böladi.
“Özbekneftgaz” AJ tomonidan Qoraqalpoğiston Respublikasi va Ustyurt regioni hududida neft va gaz sanoatini rivojlantiriş böyiça kompleks çora-tadbirlarni amalga oşiriş davom etmoqda.
Şuhrat Saidahmadov, Kun.uz muxbiri










