Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi axborot xizmatining xabar berişiça, bugun, 2022 yil 19 may kuni soat 03:51 da Samarqand tumani “Joyisoy” MFY Birdamlik köçasida joylaşgan xonadonlarda yonğin sodir bölayotgani töğrisida tuman FVBga xabar kelib tuşgan.

Şundan söng yonğinni öçirişga 7 ta yonğin-qutqaruv ekipaji va Kamaz yordamçi maşinasi jalb etilgan. Ular voqea joyiga soat 04:06 da yetib borgan va soat 05:38 da yonğin töliq bartaraf etilgan.

Yonğin oqibatida 5 ta xonadonning taxminan 490 metr kvadrat maydonda şift va tom qismi hamda uy jihozlari yonib, zararlangan. Hodisa oqibatida heç kim halok bölmagan va tan jarohati olmagan.

Qayd etilişiça, hozirda hodisa yuzasidan tergovga qadar tekşiriş işlari olib borilmoqda.