Boysun tumanida 34 yoşli fuqaro Feruza Toşpölatovaning murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan. Bu haqda Özbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati faoli Abdurahmon Taşanov özining Facebook'dagi sahifasida ma’lum qildi.
Ayolning otasi Şapoat Rahmonovning bildirişiça, 1990 yilda tuğilgan qizi Feruza Toşpölatova 2009 yilda Boysun tumani Daştiğoz mahallasida yaşovçi Amirov Qahramon Xurramoviçga turmuşga çiqqan. Er-xotin 2024 yil yanvar oyigaça birga yaşaşgan. Ularning 3 farzandi bölgan.
2024 yil 6 fevral kuni öz otasining uyida bölgan Feruza Toşpölatovaga turmuş örtoği Qahramon Amirov qönğiroq qilib, u bilan uçraşmoqçi ekanini aytgan. Ayol uydan çiqib, turmuş örtoğining maşinasiga minib ketgan. Söngra uning daragi bölavermagaç, 10 kunlar ötib, yaqinlari IIBga xabar bergan. Ammo ayol heç qayerdan topilmagan.
1 mart kuni Feruza Toşpölatovaning jasadi hududdagi jarlikdan topilgan.
“Qizimni jarlikka taşlab, ustidan 2 maşina tuproq bilan bostirişibdi. Qizimning turmuş örtoği Amirov Qahramon Xurramoviçning akasi Amirov Alişer Xurramoviç Surxondaryo viloyati hokimining quriliş işlari böyiça örinbosari lavozimida işlaydi. Şu sababdan guvohlar voqea qanday bölganini aytişga qörqişmoqda”, degan Şapoat Rahmonov.
Ayolning otasi marhumaning qaynotasi u bilan qasdlaşgani, bir neça marta unga öldiriş bilan tahdid qilgani, qizining ölimi butun boşli oila tomonidan uyuştirilganini iddao qilgan.
Boş prokurorning matbuot kotibi Hayot Şamsutdinovning Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, er-xotin örtasida oldindan oilaviy nizo bölgan, şu sababli ayol ma’lum muddat Bandixon tumanidagi Obikor mahallasida akasining uyida yaşab kelgan.
Bandixon tuman prokuraturasi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruv va tezkor qidiruv tarbirlari davomida aniqlanişiça, Qahramon Amirov Feruza Toşpölatova bilan özaro munosabatlarni tiklaş maqsadida uni Boysun tumani, Daştiğoz mahallasidagi yaşaş xonadoniga olib ketayotganda maşina içida tortişib qolgan, janjal davomida özlari harakatlanib ketişayotgan Nexia maşinasidagi otvyorka bilan ayolining kökrak qafasiga bir neça marotaba sançib olgan, söngra murdani soylikka taşlab, kömib yuborgan.
Tuman prokuraturasi holat yuzasidan 1 mart kuni Qahramon Amirovga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatgan. Unga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan.

















