O‘zbekiston | 07:32 / 28.10.2021
14306
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Rossiyaga migrantlarni ishga yollash tartibini soddalashtirishni taklif qildi

O‘zbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov Moskvada Rossiya mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri Anton Kotyakov bilan uchrashdi.

Foto: Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyada mehnat faoliyatini tashkil etish tizimini takomillashtirish va jalb etish sohasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Qurilish va qishloq xo‘jaligi sohalariga mehnat migrantlarini jalb etishning soddalashtirilgan tartibi, mehnat jarayonlarini raqamlashtirish va qonunchilikdagi innovatsiyalar bo‘yicha tajriba loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama etildi.

Nozim Husanov rossiyalik hamkasbiga O‘zbekiston Mehnat vazirligi va ikki mamlakat savdo-sanoat palatalari o‘rtasida kasb-hunar ta'limi tizimini qo‘llab-quvvatlash va nazorat qilishni nazarda tutuvchi hamkorlik to‘g‘risidagi uch tomonlama bitim imzolangani haqida ma'lumot berdi.

“2017 yilda imzolangan tashkiliy ishga qabul qilish bo‘yicha hukumatlararo kelishuv pandemiya davrida mehnat bozoridagi mavjud vaziyatni hisobga olgan holda yangilanish va tuzatishlarni talab qiladi. Ishga qabul qilish tartib-taomillarini ham xodim, ham ish beruvchi uchun imkon qadar sodda va qulay qilib, har ikki tomon uchun zarur kafolatlarni ta'minlash zarur”, — dedi Nozim Husanov.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kadrlarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini tashkil etishda yetakchi rol o‘ynamoqda. Mamlakatning har bir hududida ishsiz aholiga xizmat ko‘rsatish, kasb-hunar va til o‘rgatish, tadbirkorlikka o‘rgatish, mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha maslahatlar berishning o‘ziga xos tizimi ham yaratilgan.

Foto: Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Muzokaralar natijasida tomonlar 2017 yilgi tashkiliy ishga qabul qilish to‘g‘risidagi shartnomaga o‘zgartirishlar kiritish, mehnat munosabatlarini raqamlashtirish va mehnat muhofazasini ta'minlash, korxonalarda shikastlanishlar darajasini pasaytirish sohasida mehnat organlari xodimlarini qo‘shma o‘quv dasturlari hamda amaliyot o‘tash jarayonini rejalashtirish, shuningdek, mehnat qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.

Mavzuga oid

E`lonlar

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va Pukyong milliy universiteti o‘rtasidagi ilmiy va madaniy hamkorlik rivojlanmoqda

Golden House  biznes-klassdagi O‘z Makon II turar joy majmuasi taqdimotiga taklif etadi

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi

Tenge Bank Visa bilan hamkorlikda bir qator innovatsion to‘lov xizmatlarini ishga tushirmoqda

FAW Trucks: O‘zbekistonda yangi davrni boshlagan yetakchi yuk mashinalari ishlab chiqaruvchisi

Fermerlar va dehqonlar uchun qulay imkoniyat – “O‘zkimyosanoat” AJ mineral o‘g‘itlarga 10 foizgacha chegirma narxlarini taklif etmoqda 