Rossiyada milliarderlarning boyligi Tramp kelishi bilan ortdi
Donald Tramp AQSh prezidentligiga qaytganidan keyin Rossiyadagi milliarderlar boyliklarini 16,5 milliard dollarga oshirdi.

Foto: AP
Donald Trampning AQSh prezidentligiga qaytishi munosabati bilan Moskva va Vashington o‘rtasidagi munosabatlar iliqlashganidan keyin rossiyalik milliarderlar boyliklarini 16,5 milliard dollarga (15,1 milliard yevro) oshirdi. Bu haqda 7 mart, juma kuni The Moscow Times gazetasining rus xizmati xabar berdi.
Nashr ta’kidlaganidek, Bloomberg Billionaires Index ma’lumotlariga ko‘ra, eng katta o‘sish Alisher Usmonovning aktivlarida kuzatilgan: uning boyligi yil boshidan buyon 3,19 milliard dollarga (2,94 milliard yevro) oshib, 16,4 milliard dollarga (15 milliard yevro) yetgan.
Nashrning yozishicha, Usmonov Rossiyadagi eng yirik temir rudasi ishlab chiqaruvchi "Metalloinvest" va Moskvadagi "MegaFon" telekommunikatsiya kompaniyasini nazorat qiluvchi Rossiya investitsiya guruhi USM 49 foiz aksiyalariga egalik qiladi. U Rossiyaning «Kommersant» gazetasini boshqaradi hamda AliExpress Russia Holding va Akkermann Cement kompaniyalaridagi ulushlarga ega.
Ikkinchi o‘rinda Vladimir Potanin turibdi, uning boyligi 2,22 milliard dollarga (2,04 milliard yevro) oshib, 30,1 milliard dollarga (27,6 milliard yevro) yetdi. Potanin dunyodagi eng yirik nikel ishlab chiqaruvchi "Nornikel" kompaniyasining rahbari. Milliarder uning aksiyalarining uchdan biriga egalik qiladi va uning boshqa investitsiyalariga "T-Bank" hamda "Rosbank"dagi ulushlar kiradi.
Uchinchi o‘rinda Federatsiya kengashining Dog‘istondan a’zosi Sulaymon Kerimov. Uning boyligi yil boshidan buyon 1,68 milliard dollarga (1,54 milliard yevro) oshib, 8,72 milliard dollarga (8 milliard yevro) yetdi. Ilgari Kerimovlar oilasi Rossiyadagi eng yirik oltin ishlab chiqaruvchi "Polyus" aksiyalarining to‘rtdan uch qismiga egalik qilgan. Kerimovning o‘g‘li Said 2022 yil aprelida kompaniyaning bir qismini sotib, oilaning qolgan 46 foiz ulushini 2022 yil may oyida Islomiy tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga o‘tkazgan.
Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda eng boy 25 nafar rossiyalikning boyligi 18,5 milliard dollarga oshgan. Bir yil ichida eng ko‘p daromad topganlar Lisin (5,05 milliard dollar), Mordashov (3,3 milliard) va Putinning prezidentlik saylovlaridagi sobiq sparring sherigi, Rossiyadagi barcha aktivlaridan chiqishini e’lon qilgan Mixail Proxorov (2,68 mlrd) bo‘lgan.
Trampning maxsus vakili: AQSh - «cheksiz proksi-urush»ga tortilishga qarshi
Vashington Moskva bilan munosabatlarini tiklashi kerak, chunki Ukrainada davom etayotgan urush sharoitida yakkalanish siyosati endi samarali emas, dedi AQSh prezidentining Ukraina va Rossiya bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellog 6 mart kuni Vashingtondagi Tashqi aloqalar kengashidagi chiqishida.
Kellog Vashington va Moskva o‘rtasidagi munosabatlarni tiklash istagini AQSh milliy manfaatlarini himoya qilish va AQShning «cheksiz proksi-urush»ga tortilishning oldini olish istagi bilan izohladi.
Tramp 7 mart kuni Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida Rossiyani Ukrainadagi urushni tartibga solishga majburlash uchun unga qarshi sanksiyalar va bojlar joriy etishni «ko‘rib chiqayotganini» yozgan.
Ayni paytda, Rossiyadagi Amerika savdo palatasi (AmCham Russia) AQSh hukumatiga birinchi navbatda bekor qilinadigan sanksiyalar bo‘yicha takliflar bilan «oq qog‘oz» tayyorlamoqda. Bu haqda AmCham Russia rahbari Robert Eyji 7 mart kuni RBKga bergan intervyusida ma’lum qildi. Tadbirkor aviatsiya sohasidagi sanksiyalarning bekor qilinishi, sarmoya kiritishga qo‘yilgan taqiqning bekor qilinishi, Rossiya banklarining SWIFT tizimiga qaytishi va hashamatli tovarlar yetkazib berish bo‘yicha cheklovlar olib tashlanishini ustuvor chora-tadbirlar deb atamoqda.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp AQSh Suriyaga qarshi sanksiyalarini bekor qilishini aytdi
Jahon | 23:45 / 13.05.2025
-
Xitoyda yo‘lovchi toza havodan nafas olish uchun samolyotning avariyaviy eshigini ochib yubordi
Jahon | 23:29 / 13.05.2025
-
12 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:46 / 13.05.2025
-
O‘zbekistonda binolarning zilzilaga bardoshliligi xorijiy mutaxassislar jalb qilingan holda o‘rganiladi
O‘zbekiston | 22:38 / 13.05.2025
Mavzuga oid

08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi

14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi

13:00 / 12.05.2025