“Badbo‘y hididan nafas olyapmiz” – So‘xda kanalizatsiya suvi ariqqa oqmoqda
Farg‘ona viloyati So‘x tumanining Navobod mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning kanalizatsiya tarmog‘i nosozligi tufayli ariqlarga oqmoqda. Atrofni badbo‘y hid qoplagan. Mas’ullar negadir muammoni bartaraf qilishga shoshilmayapti.
Ko‘p qavatli uylarda yashovchi fuqarolarning ma’lum qilishicha, kanalizatsiya tarmog‘i suvi ariqdagi aholi foydalanadigan suvga qo‘shilib oqyapti. Aholi tegishli tashkilotlarga masalasi yuzasidan murojaat qilishgan. Biroq natija bo‘lmagan.
“120 xonadonga mo‘ljallangan 4 ta 5 qavatli uy qurilib, 2023 yilda foydalanishga topshirilgan. Bir yildan beri kanalizatsiyaning badbo‘y hididan nafas olib o‘tiribmiz. Ayniqsa yoz oylarida derazani ochib bo‘lmaydi. Uyni 20 yil muddatga ipoteka krediti asosida sotib olganmiz. Kanalizatsiya tarmog‘i noto‘g‘ri yotqizilgan.
Tegishli tashkilotlarga chiqqanmiz, lekin natija yo‘q. O‘zimiz pul to‘plab, mashina chaqirib tozalatamiz, lekin yana oqova suv otilib chiqib ketaveradi. Eng achinarlisi, iflos suv odamlar foydalanadigan ariq suviga qo‘shilib ketyapti. Holatga hech kim e’tibor qaratmayapti”, deydi ko‘p qavatli uyda yashovchi fuqarolardan biri.
So‘x tumani Suvta’minot bo‘limi rahbari Farhodjon Azimbekovning Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, ko‘p qavatli uyning kanalizatsiya tarmog‘i “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi Farg‘ona viloyati filiali buyurtmasi asosida “Namunali yuksalish” hamda “Shoh mega invest” MChJlar tomonidan ishga tushirilgan. Kanalizatsiya quvuriga chiqindi tashlanishi oqibatida oqova suvni tortib berayotgan nasoslar ortiqcha yuklama bilan ishlab, nosoz holatga kelib qolgan.
Farhodjon Azimbekovga ko‘ra, tez orada quruvchi bilan kelishgan holda muammo hal etiladi.
Sarvar Ziyoyev,
Kun.uz
Tavsiya etamiz
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
«Tashabbusli budjet» loyihalariga ovoz berish boshlandi
O‘zbekiston | 00:58 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy: Rossiya o‘t ochishni to‘xtatishdan bosh torsa, Ukrainani mustahkamlash kerak bo‘ladi
Jahon | 09:47
-
Rossiyaga tarixiy tangalar va ko‘krak nishonlarini yashirincha olib ketayotgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 09:26
-
Shols AQShning Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish taklifini qo‘llab-quvvatladi
Jahon | 09:10
-
Qushbegi dahasidagi xonadonlardan birida yong‘in chiqdi
Jamiyat | 08:41
Mavzuga oid

12:20 / 06.03.2025
Ko‘changiz asfalt qilinmagan, ichimlik suvi va kanalizatsiya yo‘qmi? Bu haqda Telegram orqali xabar bering

11:23 / 31.01.2025
Farg‘onada hovlilar orasida 5 qavatli “dom” qurildi. Aholining shikoyatlari natijasiz qolmoqda

17:56 / 13.11.2024
Loydan qurilayotgan “dom” – Izboskanda ko‘p qavatli uy qurilishida sement o‘rniga adir tuprog‘i ishlatilmoqda

15:48 / 06.10.2024