Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaga tarixiy tangalar va ko‘krak nishonlarini yashirincha olib ketayotgan shaxs ushlandi
Buxoroda tarixiy tangalar va ko‘krak nishonlarini yashirincha Rossiyaga olib ketayotgan shaxs ushlandi.
Foto: Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi
Viloyat Bojxona boshqarmasi ma’lum qilishicha, “Buxoro aeroporti” chegara bojxona posti va Aviatsiya xavfsizligi xizmati xodimlarining o‘zaro hamkorligida qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik buyumlari hamda madaniy boyliklarni noqonuniy ravishda xorijga olib chiqishga urinish bartaraf etildi.
Buxoro - Sankt-Peterburg yo‘nalishidagi aviareys orqali xorijga uchib ketmoqchi bo‘lgan fuqaro umumiy qiymati 165 million so‘m bo‘lgan zargarlik buyumlarini bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida ma’lum qilmagan va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida qayd etmagan.
Natijada olib chiqish me’yoridan ortiqcha bo‘lgan jami 37 dona, og‘irligi 226,04 gramm bo‘lgan zargarlik buyumlari hamda tarixiy ahamiyatga ega 16 dona ko‘krak nishonlari va tangalar aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida vaqtincha saqlovga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tegishli tartibda ish olib borilmoqda.
Mavzuga oid
13:41 / 03.12.2025
Rossiya imperiyasi davriga oid oltin tangalarni sotishga urinish fosh etildi
20:14 / 13.11.2025
AQSh bir sentlik tangalarni zarb qilishni to‘xtatdi
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025