Sog‘liqni saqlash kodeksi loyihasi ishlab chiqildi
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash kodeksi loyihasi ishlab chiqildi.

Norma’ning yozishicha, hujjatda sog‘liqni saqlash sohasiga oid amaldagi qonunlar, qarorlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar normalari birlashtirilgan va birxillashtirilgan. Hujjat 21 bob va 180 moddadan iborat.
Kodeks loyihasiga sog‘liqni saqlash sohasidagi asosiy atamalar va tushunchalar bo‘limi ham kiritilgan. Sog‘liqni saqlash tizimi va tibbiy yordamni tashkil etish batafsil yoritilgan.
Kodeksda tibbiyot va farmatsevtika faoliyatini tartibga solish, ko‘rsatiladigan xizmatlar turi va hajmini belgilash nazarda tutilgan. Sog‘liqni saqlash sohasidagi huquqiy munosabatlar tomonlarining huquq va majburiyatlari, shuningdek ayrim turdagi tibbiyot va farmatsevtika faoliyatini huquqiy tartibga solish belgilangan.
Loyihada davlat tomonidan tartibga solish, sohani boshqarish, tibbiyot muassasalarida nazorat va kuzatuvni, shuningdek sog‘liqni saqlash sohasida idoralararo o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish tartibi keltirilgan. Kodeksda sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirish mexanizmlari bayon etilgan bo‘limlar ham mavjud. Bundan tashqari, sanitariya-epidemiologik nazoratni tashkil etish batafsil ko‘rib chiqilgan.
Sog‘liqni saqlash sohasidagi ta'lim va ilmiy faoliyatni tartibga solishga alohida e'tibor qaratilgan.
Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Merkelning azaliy raqibi. Shols o‘rniga Germaniya kansleri bo‘ladigan Fridrix Mers haqida nimalar ma’lum?
Jahon | 21:04 / 05.03.2025
Elektr va gaz limiti sovuq oylarda o‘zgartiriladimi?
O‘zbekiston | 16:03 / 05.03.2025
Shavkat Mirziyoyev FVV rahbari nega ishdan olinganini aytdi
O‘zbekiston | 10:52 / 05.03.2025
Navoiyda 8-sinf o‘quvchisi farzandli bo‘ldi
O‘zbekiston | 14:02 / 04.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Po‘lat Bobojonov ketdi. Yangi vazirdan nimalar kutilmoqda?
O‘zbekiston | 16:10
-
“Ezgu Amal” jamg‘armasi yangilangan nizomini e’lon qildi
Jamiyat | 15:18
-
Rossiya rus harbiy attashesi chiqarib yuborilishiga javob qaytarishini bildirdi
Jahon | 15:16
-
Rossiyadagi YTHda uch nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
O‘zbekiston | 15:12
Mavzuga oid

13:05 / 27.12.2023
Iqtisodiy protsessual kodeksiga qo‘shimchalar kiritildi

07:26 / 27.12.2023
Fuqarolik protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

08:17 / 02.01.2023
Aholi sog‘lig‘ini saqlash kodeksi loyihasi e’lon qilindi

11:56 / 28.12.2022