Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan Iqtisodiy protsessual kodeksiga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.

Viloyat sudlari va ularga tenglaştirilgan sudlar tomonidan apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida körilgan işlarni mazkur sudlarda taftiş tartibida köriş bosqiçi joriy etildi.

Apellyatsiya va kassatsiya instansiyalari sudlari tomonidan işlarni yangidan köriş uçun birinçi instansiya sudlariga yuboriş tartibi bekor qilindi hamda ularning zimmasiga iş böyiça yakuniy qaror çiqariş mas’uliyati yuklatildi.

Işni taftiş instansiyasi sudida körişda iştirok etgan sudya şu işni birinçi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida körişda, şuningdek işni yuqori instansiya sudida taftiş tartibida qayta körişda iştirok eta olmaydi.

Kassatsiya instansiyasi sudining kassatsiya şikoyatini (protestini) iş yuritişga qabul qilişni rad etiş, uni qaytariş, körmasdan qoldiriş, iş yuritişni tugatiş töğrisidagi ajrimi ustidan, şuningdek kassatsiya instansiyasi sudining kodeksda ustidan şikoyat qilinişi (protest keltirilişi) nazarda tutilgan boşqa ajrimlari ustidan taftiş tartibida şikoyat berilişi mumkin.

Apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida körilgan işlar böyiça tumanlararo, tuman, şahar iqtisodiy sudlarining qonuniy kuçga kirgan hal qiluv qarori, ajrimi, qarori, şuningdek apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining qarori ustidan Qoraqalpoğiston Respublikasi sudiga, viloyatlar va Toşkent şahar sudlariga taftiş tartibida şikoyat qilinişi (protest keltirilişi) mumkin.

Qoraqalpoğiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toşkent şahar sudlari tomonidan taftiş tartibida körilgan işlar böyiça sud hujjatlari, uşbu sudlarning taftiş instansiyasining sud hujjatlari va uşbu sudlar tomonidan birinçi instansiya böyiça qabul qilingan, apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida körilgan sud hujjatlari, şuningdek Oliy sud tomonidan birinçi instansiya böyiça qabul qilingan, apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida körilgan sud hujjatlari ustidan Oliy sudning Iqtisodiy işlar böyiça sudlov hay’atiga taftiş tartibida şikoyat qilinişi (protest keltirilişi) mumkin.

Oliy sudning Iqtisodiy işlar böyiça sudlov hay’ati tomonidan taftiş tartibida körilgan işlar böyiça sud hujjatlari, şuningdek taftiş tartibida qabul qilingan sud hujjatlari ustidan Oliy sud Rayosatiga taftiş tartibida protest keltirişi mumkin.

Taftiş tartibidagi şikoyat (protest) işni taftiş tartibida köradigan Qoraqalpoğiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toşkent şahar sudlari nomiga yöllanadi, biroq hal qiluv qarorini qabul qilgan sudga beriladi.