Mashhurlarning o‘zgarishlar haqida hikoyalari: Gulistondagi “Konstitutsiya o‘zimizniki” tadbiridan reportaj
Bolalar mehnatining tugatilishi, valuta bozoridagi erkinlashuv, OAV mustaqilligi, oqlovlar... Bu islohotlar Guliston shahrida o‘tkazilgan “Konstitutsiya o‘zimizniki” targ‘ibot tadbirining asosiy mavzulari bo‘ldi.

Bayram konsert dasturi formatida o‘tkazilgan tadbirdan shu yilning 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumdagi faollikka chaqiriqlar, taniqli san’at namoyondalirining chiqishlari, siyosat va san’at vakillarining ta’sirli hayotiy hikoyalari ham o‘rin oldi.
Dastur davomida Shavkat Mirziyeyovning prezidentlik lavozimiga kelganidan so‘ng amalga oshgan ayrim islohotlar bolalar va taniqli aktyorlar ijrosidagi sahna ko‘rinishlari orqali namoyish etildi.
Xususan:
- bolalar mehnatiga barham berilishi;
- “oq oltin”ning ta’limdan ustun qo‘yilishi ortidan yillarki dalalarda paxta tergan o‘qituvchilarning bu majburiyatdan ozod etilishi;
- plastik kartochka mablag‘larini naqdlashtirishdagi sarsongarchilikning tugatilishi;
- ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinlashishi haqidagi namoyishlar tadbirning kulminatsion chiqishlari bo‘ldi.
Shuningdek, taniqli aktyor Matyoqub Matchonov ham tadbirdagi chiqishida qamoqda o‘tkazgan kunlarini eslab, u yerda ko‘rganlarini dushmaniga ham ravo ko‘rmasligini aytib o‘tdi.
Oldinroq shunday tadbirlar Farg‘ona va Andijon viloyatlarida ham o‘tkazilgandi.
Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari respublikaning barcha hududlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kellog: Ukraina Rossiya bilan urushni tugatish uchun AQShning «22 ta sharti»ga rozi bo‘ldi
Jahon | 08:52
-
Isroil Damashqdagi prezident saroyi yaqiniga zarba berdi
Jahon | 08:44
-
Toshkentda tumanida ikkita mashina yonib ketdi
O‘zbekiston | 08:38
-
Toshkent ko‘chalaridan birida mashinalar harakati vaqtincha to‘xtatildi
O‘zbekiston | 08:37
Mavzuga oid

09:52 / 28.02.2025
Guliston tumani hokimi o‘zgardi

21:49 / 26.02.2025
Tramp tarafdorlari Konstitutsiyani o‘zgartirishni rejalashtirmoqda

08:38 / 18.12.2024
Guliston IIB TB fuqarolik nizosidan jinoyat ishi “yasadi”. Tergovchi yangi yilni issiq uyida, 50 yoshli ayol esa Rossiya hibsxonasida kutib oladimi?

18:14 / 11.12.2024