Farg‘ona davlat universiteti binosida «Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki» shiori ostida Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha targ‘ibot tadbiri va konsert-shou dasturi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Tadbirda Farg‘ona viloyatidagi chet tillarni o‘qitishga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati direktori Eleonora Dadajonova, «Murad Buildings» brendi asoschisi Murod Nazarov, O‘zbekiston xalq artisti, xonanda Otabek Muhammadzohid va 2,5 mingdan ziyod viloyatning iqtidorli va faol yoshlari ishtirok etdi.

























