Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Rossiya qo‘shma investitsiya loyihalarining yirik to‘plami ustida ish olib borayotgani ma'lum bo‘ldi
Joriy yilning 15 mart kuni O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining Rossiyaga tashrifi doirasida bosh vazir o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov Rossiya hukumati raisining o‘rinbosari A.Overchuk bilan uchrashdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, sanoat, madaniy-gumanitar hamkorlikning muhim masalalari yuzasidan fikr almashildi. Ikki tomonlama munosabatlar rivojining yuqori dinamikasi va ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik izchil mustahkamlanayotgani ta'kidlandi.
Uchrashuv chog‘ida savdo–iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda hamkorlikni kengaytirish borasida birgalikda olib borilayotgan ishlarning istiqbollari va joriy holati ko‘rib chiqildi. Tomonlar yaqin kelajakda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo aylanmasi hajmini 10 mlrd dollarga yetkazish maqsadida, uni oshirish bo‘yicha birgalikda amaliy chora-tadbirlar ko‘rishga sodiqligini bildirdi. Shu nuqtayi nazardan ikki mamlakat bojxona organlarining ikki davlat hududlari orqali yuk tashishni amalga oshirishda bojxona tartibini soddalashtirishga qaratilgan muvaffaqiyatli hamkorligi qayd etildi.

Investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratildi, ikki mamlakat hukumatlari tomonidan qo‘shma investitsiya loyihalarining yirik to‘plamini joriy etish ustida ish olib borilayotgani aytildi. Kelishilgan loyihalarni hayotga tatbiq etishni jadallashtirish maqsadida ikki mamlakat tegishli vazirlik va idoralari darajasida yaqin hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Shuningdek, oldindan rejalashtirilgan ikki tomonlama tadbirlar, jumladan, O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiya yig‘ilishi hamda Toshkent shahrida “Innoprom. O‘zbekistonda katta sanoat haftaligi” xalqaro sanoat ko‘rgazmasini o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
O‘zbekistonning soliq va kadastr tizimini isloh qilish, shuningdek standartlashtirish sohasida milliy qonunchilikni xalqaro me'yorlar bilan uyg‘unlashtirishga qaratilgan qator loyihalarni amalga oshirish uchun Rossiya texnik yordamini jalb etishga kelishildi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston – Rossiya ko‘p qirrali munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlashga oid qator kelishuvlarga erishildi.
Tavsiya etamiz
Prezident Gulistondagi gaz portlashida jabrlanganlar holidan xabar oldi
Jamiyat | 14:15 / 04.12.2025
“Ekologik” reydlar: Andijonda somsa yopiladigan tandirlar buzib tashlandi
O‘zbekiston | 18:36 / 03.12.2025
Oksford lug‘ati yil so‘zini rage bait deb atadi. Bu nima o‘zi?
Jahon | 22:26 / 01.12.2025
Turkmaniston Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib plastik pulni muomalaga kiritdi
Jahon | 18:25 / 01.12.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina aholisi 42 milliondan 36 milliongacha kamaydi – OAV
Jahon | 23:21 / 04.12.2025
-
Amerika delegatsiyasi Zelenskiy bilan uchrashuvni bekor qilgan - OAV
Jahon | 23:00 / 04.12.2025
-
Prezident gaz portlashida jabrlanganlar bilan uchrashdi va 4,5 mln tonnalik paxta rejasi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:47 / 04.12.2025
-
Maktablarda qishki ta’til 28 dekabrdan boshlanadi
O‘zbekiston | 22:33 / 04.12.2025
Mavzuga oid
23:00 / 04.12.2025
Amerika delegatsiyasi Zelenskiy bilan uchrashuvni bekor qilgan - OAV
15:46 / 04.12.2025
Rossiyada Roblox o‘yin platformasi bloklandi
14:59 / 04.12.2025
Ryutte: Ukraina hamkorlari Rossiyaga bosimni davom ettirishi kerak
13:47 / 04.12.2025