Rossiya prezidenti Vladimir Putin öz hisob-kitoblarini özgartirişga majbur böladi va «çiqiş yöqligini tuşunadi», dedi çorşanba kuni, 3 dekabrda Bryusselda NATO boş kotibi Mark Ryutte DW savoliga javob berar ekan. Uning fikriça, AQŞ tomonining Ukrainadagi vaziyatni siyosiy yöl bilan hal etiş böyiça Moskvani muloqotga undaşga navbatdagi urinişidan söng, Kiyevning hamkor va ittifoqçilari Rossiyaga nisbatan bosimni davom ettirişi zarur.
«Bu qurol yetkazib berişni, iqtisodiy bosimni davom ettirişni va natijada, prezidentning hisob-kitoblarini özgartirişni anglatadi. U çiqiş yöqligini, oxir-oqibat baribir murosaga borişga töğri kelişini, bu hozir böladimi yoki yaqin kelajakda böladimi, tuşunişi kerak», — dedi Ryutte NATOga a’zo davlatlar taşqi işlar vazirlari yiğilişi yakunlanganidan keyin alyans ştab-kvartirasida ötkazilgan yakuniy matbuot anjumanida.
Uning sözlariga köra, tinçlik jarayoni oxir-oqibat muvaffaqiyatli natijaga olib keladimi-yöqmi, hozirça noma’lum. «Biz bunga hammamiz duo qilyapmiz», — deb qöşimça qildi NATO boş kotibi. Uning fikriça, muvaffaqiyat deganda Ukraina suveren davlat sifatida rivojlanişda davom etişi, öz qurolli kuçlari orqali özini himoya qila olişi va Minsk kelişuvlari ssenariysi takrorlanmasligi uçun işonçli xavfsizlik kafolatlari bilan ta’minlanişi nazarda tutiladi.
DW muxbiri AQŞ sa’y-harakatlaridan söng Rossiya pozitsiyasi heç bölmasa biroz bölsa ham Ukraina mavqeiga yaqinlaşgan-yaqinlaşmagani haqida söralganda, Ryutte javob berişdan boş tortdi va amalga oşirilayotgan muzokaralar tafsilotlarini oşkor etiş ularning borişiga zarar yetkazişini ta’kidladi.

















