Neva sohilidagi şahar har bir mehmonni hayratda qoldira oladi. Bu yerda romantik oqşomlar, maşhur kötarma köpriklar, qudratli saroylar bilan birga zamonaviy me’morçilik, faol biznes muhiti, festivallar, ijod va kreativ energiya birlaşib, öziga xos ruh va kayfiyatni yaratadi. Şu bois Sankt-Peterburgga bir bor kelganlar yana qayta kelişni istaydi.
Sankt-Peterburg – dunyodagi yirik biznes-turizm markazlaridan biri. Qulay transport aloqalari, rivojlangan mehmonxona infratuzilmasi, kongress-körgazma maydonlari va boy madaniy dastur uni xalqaro biznes tadbirlari uçun ideal maskanga aylantirgan. Har yili bu yerda yuzlab forumlar, anjuman va kongresslar ötkazilib, dunyodan turli soha mutaxassislari yiğiladi.

Şu bilan birga Neva şahrida turizmning turli yönalişlari jadal rivojlanmoqda: madaniy-ma’rifiy, ilmiy, oilaviy, tibbiy, voqealar turizmi, gastronomik, sanoat va boşqalar. Ermitaj, Tsarskoye Selo va Petegrof kabi maşhur maskanlardan taşqari, yangi jamoat maydonlari, arxitektura belgilari, köngiloçar nuqtalar ham paydo bölmoqda. Turistlar uçun takliflar kun sayin kengaymoqda.
Sankt-Peterburg har faslda özgaça gözal. Bu şaharga qanday vaqtda kelmang, u sizga yangiça taassurot ulaşadi. Va eng muhimi — unga sayohatni rejalaştirişni hozirning özida boşlaşingiz mumkin. 2025 yil 27–29 noyabr kunlari Central Asian Expocenter binosida “Ipak yölida turizm” - Toşkent xalqaro turistik yarmarkasi bölib ötadi.

Bu nafaqat Özbekiston, balki butun Markaziy Osiyo uçun eng muhim turizm tadbirlaridan biri. Yarmarka 1995 yildan beri BMTning Butunjahon turizm taşkiloti rasmiy qöllovida ötkazib kelinmoqda. “Ipak yölida turizm” — turkompaniyalar, mehmonxona biznesi, suğurta kompaniyalari, MICE mutaxassislari, turizm sohasi öqituvçilari va sanoat vakillari uçun yagona uçraşuv maydoni. Bu yerda önlab davlatlar taqdimotlari, işbilarmon uçraşuvlar, xalqaro konferensiyalar va yangi loyihalar uçun muzokaralar ötkaziladi.
Rossiyaning şimoliy poytaxti yarmarkada törtinçi yildirki muvaffaqiyatli iştirok etmoqda. Ötgan yillarda bu tadbir doirasida Sankt-Peterburg Turizmni rivojlantiriş qömitasi va Toşkent Turizm va madaniy meros boş boşqarmasi örtasida, Sankt-Peterburg tibbiy turizmi agentligi va Özbekistonning yirik soğlomlaştiriş operatori örtasida, Kongress-körgazma byurosi va Özbekiston Turizm qömitasi qoşidagi Milliy PR markazi örtasida muhim hamkorlik bitimlari imzolangan.














