Şavkat Mirziyoyev 4 dekabr kuni Sirdaryo viloyatiga taşrifi çoğida Gulistondagi kafeda gazballoni portlaşi oqibatida jabrlanganlar davolanayotgan şifoxonada böldi. Şifokorlarning sözlariga köra, ulardan beş nafarining ahvoli oğir, birining ahvoli öta oğir.
Prezident Şavkat Mirziyoyev Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazining Sirdaryo viloyat filialiga bordi.
Bu yerda ikki kun oldin Guliston şahridagi umumiy ovqatlaniş şoxobçalaridan birida gazballoni portlaşi oqibatida jarohat olganlar davolanmoqda.
Markaz rahbariyati va şifokorlar prezidentga bemorlarning ahvoli va davolaş jarayonlarining borişi haqida axborot berdi. Davlat rahbari baxtsiz voqeada turli darajada tan jarohati olgan fuqarolar davolanayotgan palatalarga kirib, ulardan xabar oldi, oila a’zolari bilan suhbatlaşdi.
Prezident mutasaddilarga jabrlanganlarga zarur barça tibbiy yordam körsatilişini qat’iy nazoratga oliş böyiça topşiriq berdi. Baxtsiz hodisa oqibatida qurbon bölganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirib, ularga moddiy yordam körsatiş zarurligini qayd etdi.
Mas’ullar oldiga sodir bölgan voqeaning sabablarini puxta örganiş, qonun ustuvorligini ta’minlaş, kelgusida bunday holatlarning oldini oliş va yonğin xavfsizligi ustidan nazorat işlarini kuçaytiriş vazifasi qöyildi.
2 dekabr kuni sodir bölgan portlaş oqibatida 29 kişi kuyiş va turli darajadagi tan jarohatlari olgandi, ulardan uç nafari şifoxonada vafot etdi. Ayni vaqtda bir bemor öta oğir ahvolda qolmoqda (u sun’iy nafas oldiriş apparatiga ulangan), yana beş nafari jonlantiriş bölimiga yotqizilgan. Jarohatlanganlar orasida ikki homilador ayol ham bor. Holat yuzasidan jinoiy iş oçilgan.
















