20 Aprel

Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida Volkswagen va Spark mashinalari o‘zaro to‘qnashib ketishi oqibatida 21 yoshli haydovchi vafot etgan. 

15 Aprel

Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida yuz bergan yong‘inda naqshli masjid eshigi, Angliya qurolsozlari tomonidan yasalgan miltiq qo‘ndog‘i butkul yonib ketgan hamda bir qancha tarixiy eksponatlar zararlangan. Hozirda yetkazilgan moddiy zarar miqdori o‘rganilmoqda.

14 Aprel

Turli hududlarda hokim o‘rinbosari, Transport boshqarmasi boshlig‘i, MIB xodimi va boshqalarning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.

4 Aprel

Farg‘ona shahridagi maktablardan birida ayol mast holatda maktabda janjal ko‘tardi. U bundan oldin ham bir necha marta maktabda janjal chiqarib, tartibni buzgan. Hozirda ayol dispanserning hushyorlashtirish bo‘limida. 

1 Aprel

Bog‘dod tumani Samarqand qishlog‘ida oddiy oilaning ikki farzandi Farg‘ona shahridagi prezident maktabiga o‘qishga kirgan. Daromadi novvoychilikdan bo‘lgan ota-ona farzandlari kamoli uchun tinmay mehnat qiladi. “Imorat qurmasak-da, bor mablag‘imizni o‘g‘illarimizning bilim olishi uchun sarflayapmiz, ular novvoyxonada qiyinchilikni his qilib ulg‘ayishdi”, deydi ota.

30 Mart

Hojiakbar Muxtorjonov Farg‘ona viloyati Rishton tumanida o‘quv markazi ochib 16 kishini ish bilan ta’minlagan. Markazda ayni paytda 400 nafarga yaqin o‘quvchi turli fanlardan tahsil olyapti. “18 yoshimda o‘quv markazi ochib mustaqil daromadga kirishimga otam ishonmagan edi”, deydi Hojiakbar.

29 Mart

Yigitlar sog‘lom bo‘lsa-da, nogironlik aravachasida jamoatchilik joylarida navbati bilan tilanchilik qilishgan. 

28 Mart

Shuningdek, unga kamida 3 yil davomida ushbu daraxtlarni parvarish qilish majburiyati yuklatilgan. 

18 Mart

Holat bo‘yicha to‘plangan hujjatlar asosida ish jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudida ko‘rib chiqilib, haydovchiga nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi qo‘llangan.

16 Mart

Vasilisa Naypak 24 yoshda. U Farg‘onadagi bolalar uyida katta bo‘lgan. Otasi ukrain, onasi rus bo‘lgan bu qiz hozir Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti magistratura bosqichida o‘qiydi. “Poyezdda yoki samolyotdami yoki umuman pasportimdan ukrain ekanimni bilib qolganlar o‘zbek tilida, hatto shevada gapirayotganimni ko‘rib hayron qolishadi”, – deydi Vasilisa.

15 Mart

Joriy yil 11 mart kuni Farg‘ona viloyati va Toshkent shahrida ta’lim muassasalarini qo‘riqlashning yangi tizimi doirasida o‘quvchi va o‘qituvchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida maktablarda xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya xodimlari tomonidan pichoq olib yurish bilan bog‘liq ikkita holat aniqlangan.

14 Mart

Sherzod Rahimov Farg‘ona viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi. U tayinlovga qadar Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi a’zosi bo‘lgan.

Ko`proq yangiliklar
Top