Ijtimoiy tarmoqlarida “Yaypanda töy kortejida sodir bölgan avariya sabab ikki odam öldi” mazmunidagi xabarlar tarqaldi. Farğona viloyati IIB YHXB axborot xizmati hodisa yuzasidan Kun.uz’ga ma’lumot berdi.

Unga köra, 2024 yil 21 iyul kuni soat 18:30 larda Özbekiston tumanidan ötgan, 4R-154 “Qöqon-Yaypan-Isfara” avtomobil yölida 29 yoşli E.I. töy tadbiriga aloqasi bölmagan holda “Spark” maşinasini boşqarib ketayotib, quvib ötiş qoidasini buzgan va qarama-qarşi yönalişga çiqib harakatlangan.

Şunda “Spark” 24 yoşli R.A. boşqaruvida bölgan “Lasetti” maşinasi bilan töqnaşgan.

Oqibatda, “Lasetti” haydovçisi R.A. va yölovçisi 20 yoşli J.O‘. (qiz) oğir tan jarohati olib, şifoxonaga yotqizilgan. Körsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan 21 iyul kuni qiz, 22 iyul kuni yigit şifoxonada vafot etgan.