Farğona şahri markazidagi benzin va gaz quyiş şoxobçasida röy bergan portlaş va yonğin oqibatida bir kişi vafot etdi, 4 kişi tan jarohati oldi. Yana 8 kişi tibbiyot xodimlari nazoratida. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi ma’lum qildi.

Hodisa 17 dekabr kuni soat 13:43 da Farğona şahar Ahmad Yassaviy köçasida joylaşgan köp yoqilğili AYoQŞ va AGQŞda sodir bölgan. Suyultirilgan gaz (propan)ni tökiş vaqtida texnologik jarayonlarning buzilişi va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilmagani oqibatida çaqnaş sodir bölgan, şundan söng yonğin çiqqan.

Qutqaruvçilar voqea joyiga soat 13:47 da yetib borgani, 14:02 da yonğinni örab olib, 14:12 da batamom öçirgani aytilmoqda.

Kun.uz muxbiri voqea joyida bölib, portlaş oqibatlaridan aks ettiruvçi suratlarni taqdim etdi.