Farğona viloyati bojxona boşqarmasining “Farğona” çegara bojxona posti hamda Şohimardonga kiriş qismida joylaşgan “Oq qiya” bojxona punkti tun-u kun işlaş rejimiga ötkazildi. Bu esa eksklav hudud – Şohimardon qişloğiga dam olişga boruvçi fuqarolar uçun ayni muddao böldi. Avvallari mazkur postlar ertalab soat 6:00 dan 22:00 gaça işlardi.
Mazkur yangilik Şavkat Mirziyoyev va Sadir Japarovning 2024 yil 18 iyul kuni Toşkent şahridagi uçraşuvida erişilgan kelişuvlar doirasida amalga oşdi. Qirğiz Respublikasi prezidentining Özbekistonga amalga oşirgan davlat taşrifi çoğida tomonlar ikki davlat çegarasida joylaşgan çegara bojxona postlaridan samarali foydalaniş masalasini körib çiqişgan edi.


Kun.uz muxbiri “Farğona” hamda “Oq qiya” çegara bojxona postida bölib çegaradan ötayotgan yölovçi va haydovçilar bilan suhbatlaşdi.
“Qarindoş-uruğlarga yaxşi böldi”

“Şohimardonlikman. Çegaralarimiz 24 soatlik rejimiga ötişi bizni xursand qildi. Avvallari 3-5 soatlab çegarada navbatimiz kelişini kutib qolib ketar edik. Hozir esa navbatlar ança kamaygan. Qirğiziston tomonida ham bekorga uşlab turişlar bölmayapti. Eng asosiysi, farğonalik qarindoş-uruğlarimiz ortiqça qiyinçiliklarsiz xonadonimizga kelib-ketişmoqda”, deydi yölovçilardan biri Uluğbek Qosimov.
“Özbek-qirğiz döstligi yanada mustahkamlanyapti”

“Qirğizistonlikman, taksi haydayman. Bir kunda 2 yoki 3 marta çegaradan ötişga töğri keladi. Kirib-çiqiş 24 soatlik tizimga ötgandan beri ahvol ança yaxşilandi. Avvallari keçki soat 23:00 dan keyin çegaradan ötib bölmas edi. Hozir esa bemalol: yarim tunda ham ötib ketyapmiz. Çegarada asossiz 2-3 soatlab qolib ketar edik, Özbekiston va Qirğiziston davlatlari bir-biriga bu borada kömaklaşayotganidan xursandman, albatta. Özbek-qirğiz döstligi yanada mustahkamlanyapti”, deya ta’kidlaydi taksi haydovçisi Nurali Röziboyev.
“Avval çegarada uzoq qolib ketardik”
“Şohimardon qişloğidanman, haydovçilik bilan şuğullanaman. Farğona şahridan Şohimardonga, Şohimardondan Farğonaga odam taşiyman.

Çegaralarimiz 24 soat işlaş rejimiga ötgandan beri Şohimardonni ziyorat qiluvçi sayyohlar uçun ança yengilliklar böldi. Keçki soat 1:00 yoki 2:00 da ham sölim qişloqqa kelişni xohlagan sayyohlarni olib kelyapmiz, navbatlar kamaygan. Bunday şaroitlar yaratilgani uçun şukr. Avval çegarada 2 soat yoki 3 soatlab qolib ketar edik, hozir köp yengilliklar böldi, navbatlar kamaygan, Allohga şukr”, deydi Azizxon Akramov.
“Turistlar oqimi köpaydi”
Farğona viloyati Bojxona boşqarmasi axborot xizmati rahbari Şavkat Sotivoldiyev bojxona punktlari 24 soatlik rejimga ötgaç, çegarada navbatlar keskin kamaygani haqida ta’kidladi:

“25 iyuldan Farğona viloyati boçxona boşqarmasining Farğona çegara posti “Oq qiya” bojxona punkti 24 soatlik iş tizimiga ötkazildi. Bundan közlangan asosiy maqsad Farğona tumani Şohimardon qişloğiga sayyohlar qatnovini oşiriş, transport vositalarining uzun navbatlarda qolib ketişlarini oldini oliş. E’tibor beradigan bölsak, sönggi yillarda Özbekiston va Qirğiziston respublikalari örtasidagi döstlik munosabatlari qalinlaşmoqda. Şu sababli fuqarolar, transport vositalarining harakatlanişi sezilarli darajada ösdi.

Şuningdek, Şohimardonda dam oluvçilarning soni ham ösgan, bu esa bojxonada yuzaga keladigan ovoragarçiliklarni bartaraf etiş masalalarini hal qilişni talab qildi.

2023 yil 1 sentabridan boşlab ikki davlat fuqarolari uçun ID kartalar orqali çegaralarni kesib ötişga ruxsat berildi. Bu ham nazorat işlarini tezlaştirgan bölsa, hozir bu jarayon 24 soatlik iş tizimida olib borilmoqda. Avvallari iş soatimiz 6:00 dan 22:00 gaça davom etgan bölsa, hozir bu tizim özgartirildi”.
Ma’lumotlarga köra, Şohimardon qişloğiga “Farğona” hamda “Oq qiya” çegara bojxona postidan bir kunda örtaça 10 mingdan ortiq fuqaro ötadi.
Sarvar Ziyoyev, Kun.uz
Montaj ustasi: Sardor Mamirov











