Qishloqda quvur boru gaz yo‘q: Odil qishlog‘i ahli odillik istaydi
Ishtixon tumanining Odil qishlog‘i va unga yondosh mahallalarda qariyb 14 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Qishloq aholisini qo‘shni Oqdaryo tumaniga o‘tish uchun ko‘prik muammosi qiynab kelayotgani haqida hikoya qilgan edik.
Qishloq ahlini yana bir muammo tashvishlantirib kelmoqda. Gap shundaki, yaqin-yaqingacha Odil qishlog‘i gazlashtirilgan edi. Tabiiy gaz quvurlari yer ostiga ko‘milgan edi.
Biroq quvurlar yer ostida chirib ketish ehtimoli juda katta edi. Buning oqibatida gaz sizib chiqmasligi, shuningdek, quvurlarga noqonuniy ulanishning oldini olish maqsadida, qishloq ahli tomonidan hashar uyushtirish yo‘li bilan quvurlar yer sirtiga kavlab chiqarildi.
Endi mavjud quvurlarni payvandlab, xonadonlarga oqma gazni yana olib kelish kerak. Biroq qishloq ahliga quvurlarni o‘zlari payvandlashga ijozat berishmayapti.
Viloyat gaz idorasi tomonidan quvurlarni texnologik me'yorlarga rioya etib payvandlash kerakligi va bu ish faqat mas'ul idora tomonidan amalga oshirilishi lozimligi ta'kidlangan. Biroq bu yerda hanuzgacha quvurlarni tiklash bo‘yicha ish boshlanmayapti. Quvurlar ko‘chada navbatini kutib yotibdi.
Hademay yozning issiq kunlari tugab, kuz va qishning izg‘irinli kunlari boshlanadi. Qator yillardan buyon qishloq ahli uylarini isitish uchun tabiiy gazdan foydalanib kelishgan. Odil qishlog‘ida istiqomat qiluvchilar sovuq kunlar boshlanishigacha gaz quvuri tiklanishidan umidvor.
Biz mutasaddi tashkilotlar mazxkur muammoga jiddiy e'tibor qaratib, odilliklarining muammosini sovuq kunlarga qoldirmasdan hal qilib beradi, degan fikrdamiz.
Shuhrat Shokirjonov,
Kun.uz muxbiri
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
2 yil oldin sotilgan “Kvars” AJ yana davlat nazoratiga qaytdi
Iqtisodiyot | 12:27
-
Bojxona institutida bakalavriatda dual ta’lim asosida o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston | 12:20
-
Bojxona sohasida sun’iy intellekt texnologiyalari joriy etiladi
O‘zbekiston | 12:07
-
“Tadbirkorlar olmagan daromadi uchun soliq to‘lashiga to‘g‘ri kelyapti” - Murod Muhammadjonov
Iqtisodiyot | 11:59
Mavzuga oid

16:53 / 02.12.2024
Ishtixonda uch metrlik bo‘g‘ma ilon uyda saqlanayotgani aniqlandi

15:34 / 24.04.2024
Samarqandda 13,1 ming kub marmarni noqonuniy qazib olish holati aniqlandi

11:10 / 15.06.2022
Ishtixon tumani hokimi o‘zgardi

18:45 / 11.01.2021