Joriy yil 9 yanvar kuni Kun.uz saytida «2020 yilda rejaga kiritilgan 30 ta simyoğoç va bitta transformator Iştixonda nega örnatilmadi? Pandemiya yana qaçongaça bahona böladi?» sarlavhasi bilan maqola e'lon qilingan edi. Maqolada Iştixon tumanida joylaşgan Çayjaul qişloği ahlining qölbola simyoğoç va bosim ostida işlayotgan transformator tufayli elektr energiyasi ta'minotida muammolarga duç kelayotgani yoritilgandi.
Bugun «Samarqand hududiy elektr tarmoqlari» AJ va Iştixon tuman ETK mazkur maqolaga munosabat bildirdi. Har ikkala munosabatda Kun.uz saytida berilgan tanqidiy maqolada berilgan vajlar örinli ekani, Çayjaul qişloğida qölbola simyoğoçlarni temir-beton ustunlarga almaştiriş va yangi transformator örnatiş işlari pandemiya sababli ortga surilgani hamda ayni kunlarda işlar boşlab yuborilgani ma'lum qilingan. Munosabatda yozilişiça, Çayjaul qişloğiga 30 ta temir-beton ustun yetkazilgan.

«Joriy yilning 9 yanvar kuni Kun.uz saytida «2020 yilda rejaga kiritilgan 30 ta simyoğoç va bitta transformator Iştixonda nega örnatilmadi? Pandemiya yana qaçongaça bahona böladi?» sarlavhali tanqidiy maqola yuzasidan «Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ ma'muriyati qöyidagilarni ma'lum qiladi:
Haqiqatan ham Iştixon tumani Çayjavul qişloği fuqarolari temir-beton ustunlari va transformator böyiça «Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ va Iştixon tuman HETKga murojaat qilgan. Pandemiya tufayli murojaatda keltirilgan muammoni hal etiş işlari qolib ketgan. Kun.uz’da maqola e'lon qilingandan söng Çayjaul qişloğiga 30 dona temir-beton ustunlari yetkazildi va yaqin kunlarda örnatilişi haqida ma'lum qilamiz», deyiladi «Samarqand HETK» AJ matbuot xizmatining Kun.uz’ga taqdim etgan munosabatida.
Iştixon tuman hokimligi axborot xizmati tarqatgan xabarda tuman HETK Kun.uz’da berilgan tanqidiy maqoladagi muammo yeçimiga kirişilganini ma'lum qilgan:
«Iştixon tuman «Humo» MFY, Çayjaul qişloğidagi simyoğoçlar va transformator yangilanişi, 2020-2021 yil davlat dasturi rejasiga kiritilgan. Hozirgi kunda Çayjaul qişloğiga 30 dona beton ustunlar olib kelindi. Tez kunda loyiha tayyorlanib, şu asosida beton ustunlar örnatiladi. 2021 yil may oyiga qadar transformator örnatilib, barça quriliş işlari yakuniga yetkaziladi», deyiladi munosabatda.

















