Ma’lum qilinişiça, Fazliddin Quronoviç Röziyev Iştixon tumani hokimi lavozimida öz iş faoliyatini boşladi.
Fazliddin Röziyev tayinlovga qadar Vazirlar Mahkamasining Mahalliy sanoatni rivojlantiriş va kooperatsiya aloqalarini rivojlantiriş masalalari kotibiyati mudirining örinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Qayd etilişiça, uşbu nomzod prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligining milliy kadrlar zaxirasidan tavsiya etilgan.
Ma’lumot uçun, Iştixon tumaniga şu vaqtga qadar Şuhrat Ne’matov hokimlik qilib kelgandi. U 2007 yildan beri tuman hokimi lavozimida işlab kelayotgandi.
Bundan oldin Qöşrabot tumaniga yangi hokim tayinlangani xabar qilingandi.
Tuman hokimi Himmat Oqbötayev boşqa işga ötişi munosabati bilan öz arizasiga asosan egallab turgan vazifasidan ozod etildi, Dilşod Şakarboyev Qöşrabot tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

















