09:53 / 17.08.2018
10675
Xitoyning 9ta eng qiziq startapi

Xitoy startaplarining amerikalik startaplardan bir necha g‘aroyib strategik afzalliklari mavjud.

Hukumat va u tomonidan qat'iy nazoratning mavjud emasligi

Xitoy hukumati xususiy sektorga ta'sir ko‘rsatishdan qo‘rqmaydi. Ular moliyaviy yordam ko‘rsatadi va maxsus direktivalar chiqaradi. Masalan, 2017 yilning iyulida Xitoyning davlat kengashi «Yangi avlod sun'iy idrokni ishlab chiqarish rejasi» to‘g‘risida e'lon qildi. Unda mamlakat 2030 yilga kelib, innovatsion idrok sohasida global markazga aylanishi aytilgan.

Biroq Xitoy startaplarning erta rivojlanishiga xalaqit qilmaydi:

«Xitoy hukumati innovatsiyalar endi paydo bo‘lganida «ko‘z yumishni» biladi», - deydi Fosun Kinzon Capital fondi boshqaruvchi direktori Ing Vang.  – Tadbirkorlarda o‘sish va gullab-yashnash imkoniyati paydo bo‘ladi.

Mamlakat hukumati biznes faoliyatiga uning dastlabki uch yilida aralashmaydi (Alipay kompaniyasida ham shunday bo‘lgan). Bundan tashqari, Xitoyda butun mamlakatga bitta litsenziya beriladi. AQShda esa 50 ta turli shtat uchun litsenziya olish kerak bo‘ladi.

Texnologiyalardan foydalanishning yangi shablonlari

Mamlakat yoki hudud rivojlangan mavqeiga ega bo‘lganida ular ko‘pincha rivojlangan mamlakatlar o‘n yil vaqt ajratgan yangi texnologiyalar avlodini o‘tkazib yuboradi. Masalan, Xitoy aholisi amerikaliklar bilan taqqoslanganda, savdolarni mobil qurilmalardan 50 marta ko‘proq amalga oshirishar ekan. Chunki mamlakatda kredit kartalar AQShdagi kabi mashhurlikka erishmagan.

Bu kabi trend Afrikaning ko‘plab mamlakatlarida mavjud. U yerda mobil to‘lovlar elektr yoki hatto toza suvga qaraganda ko‘proq tarqalgan.

Mamlakatlarni elektr va mobil aloqa kirib borganligi bo‘yicha taqqoslash

Demografiya

Xitoy aholisi 1,4 milliard kishini tashkil qiladi. Uning katta qismi hali ham qishloq joylarida yashasa-da, bu mamlakatning aholisi AQShdagiga qaraganda to‘rt marta ko‘proq.

Xitoy startaplar va ularni ommaviylashtirish uchun juda qulay. Mamlakatda aholisi 1 milliondan ortiq bo‘lgan 160 ta shahar mavjud. AQShda esa bunday shaharlar bor-yo‘g‘i 10 ta.

Bunday demografiyaning foydasi ayon: masalan, velosipedlar ijarasi bo‘yicha startap bor-yo‘g‘i 10 oyda 20 million kunlik buyurtma ko‘rsatkichiga ega bo‘ldi.

Startaplar o‘ntaligi qanday tanlangan

Xitoyda yakkashoh-startaplar ko‘p. Ularni topish oson.

Bu ro‘yxatga yaqin yillarda milliard dollar ko‘rsatkichga erishishi mumkin bo‘lgan kam tanilgan startaplar kiritilgan.

Xitoyning 8ta eng qiziq startapi

Foto: Cloud Walk

Cloud Walk. Intellektual idrok (II) va yuzlarni tanish sohasidagi Xitoy «mafiya»si a'zolaridan biri. Startap Shunwei Capital, Oriza Holdings va Puhua Capital (75 million dollar) fondlari va Guanchjou hukumatidan 301 million dollar miqdorida yirik investitsiyani qo‘lga kiritdi.

Cloudwalk. Zimbabve hukumati bilan ham hamkorlik qiladi: startap turli millat odamlari yuzini tanish texnologiyalari qanchalik yaxshi ekanini sinovdan o‘tkazadi.

Foto: DaSouChe

DaSouChe. Foydalanilgan avtomobillarni almashtirish uchun  platforma. 2012 yildan boshlab u almashtirish bo‘yicha 500 mingdan ortiq kelishuvlarni amalga oshirgan. Loyihani deyarli yakkashoh deb hisoblash mumkin. 2017 yilda u D seriyasidagi raundda 180 million dollar jalb etgan.

Foto: Laidian

Laidian. 2017 yilda A seriyasida 20 million dollar jalb etdi. Startap telefonni zudlik bilan quvvat oldirish kerak bo‘lganlar uchun tashqi akkumulyatorlarni ijaraga beradi.

Ko‘pchilik xitoyliklar buyumlarni xarid qilish, hisobni to‘lash va taksiga buyurtma berish uchun telefondan foydalanganliklari uchun batareya ish kuni tugamasidan oldin «o‘tirib qoladi». Tashqi akkumulyatorni doimo yonida olib yurish hamma uchun ham qulay emas. Shuning uchun Laidian ularning ijarasi uchun avtomatlarni Xitoyning 80 dan ortiq shahrida joylashtirdi. Ko‘pchilik avtomatlar savdo markazlari, metro va temir yo‘l stansiyalarida joylashgan. Ularning xizmatlari bilan kuniga 20 mingdan ortiq kishi foydalanadi.

Foto: VIPKid

VIPKid. Tobora mashhurlikka erishayotgan ingliz tilini o‘rganish uchun sayt.

2017 yilda maydonchada 296 ming o‘quvchi 39 ming o‘qituvchi bilan mashg‘ulotlar o‘tgan. Bor-yo‘g‘i ikki yil muqaddam unda 3305 nafar o‘quvchi va 404 nafar o‘qituvchi bo‘lgan. 2019 yilga kelib, o‘quvchilar soni deyarli o‘n marta ortishi va 2,4 millionga yetishi kutilmoqda. O‘qituvchilar shtati esa 280 minggacha o‘sadi.

iResearch ma'lumotlariga ko‘ra, shu vaqtga kelib, ingliz tilini o‘rganish onlayn-maydon bozori qiymati 52 milliard yuan (8 milliard dollar)ga yetadi va undaVIPKid o‘zining katta o‘rniga ega bo‘ladi.

Foto: iCarbonX

iCarbonX. Intellektual idrok va biotexnologiya yordamida salomatlikni yaxshilashni istaydigan xitoylik data-kompaniya. Startapga 2015 yilda genomika bo‘yicha mutaxassis Yun Vong tomonidan asos solingan. Hozir kompaniya millionlab odamlarning tibbiy ma'lumotiga ega kompleks platformadir.

iCarbonX kompaniyasi Digital Life Alliance hamjamiyatini yaratdi. Unda tashkilotlar sog‘lom turmush tarzi, tibbiyot va intellektual idrok sohalaridagi tadqiqotlar bilan shug‘ullanadi.

Foto: DeepGlint

DeepGlint. Bu startap, asosan, kompyuterning ko‘rish qobiliyati bilan shug‘ullanadi. Ular birinchilardan bo‘lib odam xulqi va harakatini tahlil qilishdi.

Startap bor-yo‘g‘i 18 million dollar investitsiya jalb etdi. Biroq unda II, elektron tijorat va kommunikatsiya sohasida ishlaydigan yirik Xitoy kompaniyalaridan biriga aylanish imkoniyati bor.

Foto: Liulishuo

Liulishuo. Har bir o‘quvchiga moslashadigan II asosidagi ingliz tilini o‘rganish platformasi. Undan Xitoyning 379 shahri va dunyoning 175 mamlakatida 50 milliondan ortiq kishi foydalanadi. Liulishuo ham VIPKid kabi salohiyatli bozorga chiqish harakatida, biroq buni juda ehtiyotkorlik bilan amalga oshiryapti.

So‘nggi raundda (2017 yilning o‘rtalarida) startap 100 million dollar jalb etdi. Bari kuzatiladigan bo‘lsa, bu yil ham o‘zining tezkor o‘sishini davom ettiradi.

Foto: Pico Interactive

Pico Interactive. Bu startap virtual reallikning eng birinchi yuqori sifatli va to‘liq avtonom shlemini ishlab chiqdi. Sizga kompyuter ham, telefon ham, simlar ham kerak emas. Bor-yo‘g‘i 599 dollarlik shlem zarur bo‘ladi. Mahsulot 2018 yildagi CES ko‘rgazmasida ijobiy fikrlar oldi va VR-texnologiyalar sohasida yetakchiga aylanishi mumkin.

Foto: Roobo

Roobo. Startap yangi avlod robotlarini yaratadi. Uning BeanQ ta'lim beruvchi roboti 2017 yildagi Red Dot ko‘rgazmasida mukofot oldi.

Yana bir robot Farnese esa suhbatdosh bilan muloqot qilishi, iboralarni tushunishi va aeroport, bank, savdo-markazlari va konferens-zallarida mustaqil harakatlanishi mumkin.

2017 yilda startap B raundda 53 millionni jalb etdi. Avvalroq 2016 yilda A raundda bu ko‘rsatkich 100 million dollarga teng bo‘lgan. Roobo raqobatchilaridan orqada qolmasa, aqlli robotlar bozori yetakchisiga aylanishi mumkin.

Top