Xitoyda yangilangan Tank 500 hibrid yöltanlamasi faqat dvigatellari va batareyalari farq qiladigan Hi4-T va Hi4-Z komplektatsiyalarida sotuvga çiqdi. Modelning yangilanganini uning old oynasi tepasidagi lidardan darhol seziş mumkin. Lidar ikkala versiyada ham mavjud. Yöltanlamas haydovçi uçun yordamçi tizim — Coffee Pilot Ultra’ning uçinçi avlodini qöllab-quvvatlaydi. Tizim tarkibiga 27 ta sensorli qurilma kiradi (lidar, uçta millimetr diapazondagi radar, 12 ta ultratovuş sensori va 11 ta yuqori aniqlikdagi kamera mavjud). 

Yöltanlamas salonida qator qulayliklar mavjud: 5,4 litr siğimli muzlatkiç, bir emas, ikkita smartfonni simsiz quvvatlaş moslamasi. Harakat rejimini ruldagi tugmaça orqali ham özgartiriş mumkin.

Ikkala komplektatsiya ham 2 litr siğimli benzinli dvigatel bilan jihozlangan. Hi4-T benzinli dvigateldan taşqari bitta elektromotor hamda 37,1 kWh batareyaga ega. Dvigatellar maksimum 408 ot kuçini beradi. Faqat tokning özida WLTC sikli böyiça 110 km masofa bosib öta oladi. Uzatmalar qutisi esa töqqiz poğonali avtomat hisoblanadi.

Hi4-Z komplektatsiyasiga esa ikkita elektromotor, uç poğonali DHT transmissiya, 59,05 kWh batareya örnatilgan. U faqat tokning özida 200 km masofa bosib ötişi mumkin. Dvigatellar jami 877 ot kuçini bera oladi.

Hi4-T narxi 360 ming yuan (50 ming dollar), Hi4-Z esa 388,8 ming yuan (54 ming dollar) etib belgilangan.