13:20 / 27.12.2018
13275

Toshkent shahrining yana ikki tumanida hokimlar lavozimga rasman tasdiqlandi

Foto: KUN.UZ

Xalq deputatlari Yashnobod va Sergeli tumanlarining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, sessiyada tashkiliy masala ko‘rilgan.

Shu kunga qadar Yashnobod tumani hokimi vazifasini bajaruvchi Hojiakbar Kamoliddinovich Tillashayxov, Sergeli tumani hokimi vazifasini bajaruvchi Nozim Baxtiyorovich Husanovlar hokim etib tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyul oyi oxirida Hojiakbar Tillashayxov Yashnobod tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.

Hojiakbar Tillashayxov

Nozim Husanov esa shu yilning mayidan buyon Sergeli tumani hokimi sifatida ishlab kelyapti.

Nozim Husanov

Avvalroq, Shayxontohur tumani hokimi vazifasini bajaruvchi Shuhrat Muhammadxonov Shayxontohur tumani hokimi etib tayinlangandi.

Top