Toşkent şahar hokimining birinçi örinbosari Nozim Husanov Sergeli tumaniga hokim etib tayinlandi. Bu haqda Toşkent şahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Nozim Husanov bu lavozimda Olmazor tumaniga hokim etib tayinlangan Baxtiyor Rahmonov örnini egalladi.

Nozim Husanov Toşkent şahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari böyiça birinçi örinbosari bölib işlab kelayotgandi. U 1976 yil, Toşkent viloyati, Zangiota tumanida tuğilgan. 1997 yilda Toşkent avtomobil-yöllar instituti, 2002 yilda Toşkent moliya institutini tamomlagan. Bundan avval «Mikrokreditbank» oçiq aksiyadorlik-tijorat banki boşqaruvi raisi bölib işlagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahrining Olmazor tumaniga yangi hokim tayinlangani xabar berilgandi.