Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mahkumlar va mahbuslarning huquqlari hamda ularni qiynoqdan xalos etish: Ombudsman bilan birgalikdagi treninglar
Samarqandda tashkillashtirilgan trening mahkumlar va mahbuslarning huquqlari hamda erkinliklarini himoya qilishga bag‘ishlandi. Unda ozodlikdan mahrum etish joylaridagi qiynoq masalalari ham o‘rganildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Xalqaro qamoqxona islohoti (Penal Reform International — PRI) tashkiloti (Buyuk Britaniya) ning Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi, BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy bo‘limi birgalikda tashkil etgan seminar-trening avvalgi kunlari Toshkent, Guliston va Jizzax shaharlarida bo‘lib o‘tgan edi. Samarqandda yakunlovchi trening tashkillashtirildi.
«Mahkumlar va mahbuslar (qamoqda saqlanayotgan shaxslar)ning huquqlari hamda erkinliklarini himoya qilish sohasida O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va halqaro huquqiy me'yorlar» mavzusidagi seminar-treningda Milliy preventiv mexanizm (MPM) ning Qozog‘istondagi muvofiqlashtiruvchi kengashi a'zosi, «Dignity» jamoatchilik tashkiloti eksperti, inson huquqlari bo‘yicha ekspert, yuridik fanlari nomzodi Anora Ibrayeva yig‘ilganlarga trenerlik qildi.
Treningda Samarqand viloyatidagi narkologiya dispanseri vrachlari, Tergov hibsxonasi, IIB manzil koloniyasi xodimlari, 1- va 10-sonli mehribonlik uylari tarbiyachilari, viloyat ruhiy kasalliklar shifoxonasi xizmatchilari, viloyat va tuman prokuraturalari xodimlari, Samarqand viloyat o‘qituvchilar assotsiatsiyasi rahbari, Ombudsmanning hududiy xodimlari va jurnalistlar ishtirok etishdi.
Seminarning maqsadi — mahkumlar va mahbuslarning huquq-erkinliklarini himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlari mazmun-mohiyati va ahamiyatini, ombudsman rolini va uning davlat organlari bilan hamkorligi tartibini ochib berish, shuningdek, ishtirokchilarni ushbu sohada amalda bo‘lgan xalqaro huquqiy me'yorlar va standartlardan, shu jumladan BMTning qiynoqqa solishga va muomalada bo‘lish va jazolashning shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni tahqirlovchi turlariga qarshi konvensiyasidan xabardor qilish bo‘ldi.
A.Ibrayeva o‘z hayot yo‘lini gapirib berar ekan, Qozog‘iston bir paytlar lagerlar mamlakati bo‘lgani, u yerdan «qamaqxona madaniyati» tarqalganidan so‘z ochdi. Ekspert bularning barchasi sobiq ittifoq davrida jazoni ijro etish tizimiga armiya tizimi joriy etilishi ortidan yuz berganiga urg‘u berdi.
«Qozog‘istonda ham bir paytlar jazoni ijro etish joylarida va tergov izolyatorlarida qiynoqlar borligiga hech kim rasman iqror bo‘lmas edi. Biroq mazkur vaziyatni tan olib, uni bartaraf etish uchun Qozog‘iston uzoq 17 yil sarfladi», — dedi u.
Garchi 2004 yilda muddatsiz moratoriy e'lon qilingan bo‘lsa-da, Qozog‘istonda hamon o‘ta og‘ir 17 xil jinoyat uchun o‘lim jazosi ko‘zda tutilgani, O‘zbekistonda bunday jazo bekor qilingani tilga olindi.
BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasining vakili Guljahon Omonova hibsdagilarning barchasiga o‘zlarining insoniy shaxsiyati qadr-qimmatiga muvofiq tarzda hurmat bilan muomalada bo‘lish lozimligini qayd etib o‘tdi.
«Hech bir qamalgan inson qiynoqqa yoki boshqa qat'iy, noinsoniy, o‘zlarining qadr-qimmatini poymol qiluvchi xatti-harakatlarga yoki jazolarga duchor etilmasligi kerak, barcha mahkum va mahbuslar bundan himoyalangan bo‘lishi va hech bir narsa bu holni oqlamasligi kerak. Hisbdagilar, xizmat ko‘rsatuvchi personal va shaxslar hamda tashrif buyuruvchilarning qo‘riqlanishi va xavfsizligi doimiy ravishda ta'minlanishi lozim.
Nelson Mandelaning shunday so‘zlari bor: «Hech kim toki qamoqxonaga tushmagan ekan, millatni chinakamiga anglamabdi. Millat o‘zining obroʻ-eʼtiborli insonlariga munosabat bilan emas, jamiyatning eng quyi bo‘g‘inlaridagi fuqarolarga qanday munosbatda ekanligiga qarab baholanmog‘i kerak», — dedi Guljahon Omonova.
Treningda inson huquqlari konsepsiyasi, qonuniylik va boshboshdoqlik, aybsizlik prezumpsiyasi, mahbuslarning huquqlari to‘g‘risida xalqaro hujjatlar, qiynoqlardan ozodlik tushunchalari, qiynoqlarni qanday aniqlash mavzulari bo‘yicha tushunchalar berildi.
Seminar-trening yakunida qatnashchilarga sertifikatlar topshirildi.
Shuhrat ShOKIRJONOV,
Kun.uz muxbiri.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Isroil - HAMAS muzokaralaridan chiqdi
Jahon | 00:46
-
Sun’iy intellekt olimlarga Qadimgi Rim tarixidagi bo‘shliqlarni to‘ldirishga yordam beradi
Fan-texnika | 23:45 / 24.07.2025
-
Zalujniy Rossiyaga qarshi urush 2034 yilgacha davom etishini bashorat qildi
Jahon | 22:53 / 24.07.2025
-
Toshkentda voleybol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati boshlandi
Sport | 22:49 / 24.07.2025
Mavzuga oid

15:48 / 14.07.2025
The Samarkand express poyezdi loyihasi uchun 25 mln dollar investitsiya kiritilyapti

20:48 / 12.07.2025
Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel quriladi

22:00 / 05.07.2025
«Samarqand qog‘ozi» geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

08:25 / 05.07.2025