Toshkentda O‘zbekistondagi eng yirik LED reklama ekrani o‘rnatildi

LED ekranlarning paydo bo‘lishi bilan reklama beruvchilarda o‘z tovar va xizmatlari haqida iste'molchilarga yanada yorqinroq va interaktiv usulda ma'lumot berish imkoniyatlari tug‘ildi.
Aksariyat odamlar voqelikni anglash jihatdan vizuallar ekanini inobatga olsak, ular aynan video formatidagi reklamalarni yaxshiroq qabul qiladilar. Ya'ni ma'lumotni o‘qib o‘tirgandan ko‘ra, bir qarashda kerakli axborotni olish mijozlar uchun ancha qulay.
O‘zbekistonda LED monitorlar ijarasi va ularni yetkazib berish hizmatlarini birinchilardan bo‘lib Ahadmix Group kompaniyasi boshlagan. Ushbu kompaniya joriy yilda o‘z yubileyi munosabati bilan poytaxtimizda O‘zbekistondagi eng yirik monitorni o‘rnatdi. Innovatsion uskunaning qulay joylashuvi sizning reklamangizni shaharning kamida yarim aholisi ko‘rishini kafolatlaydi. U Abdulla Qodiriy ko‘chasining yo‘l yuzida joylashgan (metroning «G‘ofur G‘ulom» bekati, NBU, «Ganga»).
Oz emas, ko‘p emas 500 kvadrat metr o‘lchamga ega monitor reklama beruvchilar uchun o‘z mahsulot va xizmatlari haqida mijozlarga ma'lumot berishda yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.
Sohada 10 yillik tajribaga ega Ahadmix Group kompaniyasining interaktiv, yorqin va darrov ko‘zga tashlanadigan ekranlarini hozir shahrimizning deyarli barcha tumanlarida uchratish mumkin.
Bugunga kelib, mamlakatimizdagi eng yirik brendlari reklama borasida aynan Ahadmix Group bilan hamkorlik qilishni afzal bilishmoqda, chunki bu sohadagi eng yirik va eng innovatsion texnik baza ayni shu kompaniyada mavjud:
– Tasvirni 360 gradusda namoyish etuvchi ekran;
– mobil telefon shaklidagi ekran;
– nostandart konstruksiyaga ega ekranlar;
– LED ekran o‘rnatilgan avtomobillar.
Biznes yoki bayram tadbiri tashkillashtirmoqchimisiz? Kompaniya ushbu ehtiyojingizni qondirish uchun bir qator innovatsion uskunalarni taqdim qiladi, jumladan:
- Turli turdagi svetodiod ekranlar;
- Chiroq uskunalari;
- Maxsus effektlar uchun uskunalar (tutun, olov, tuman, qor generatorlari);
- Sahnalar uchun konstruksiyalar;
- Konferens tizimlar;
- Ovoz uskunalari;
- Videokonferensiyalar uchun uskunalar va boshqa ko‘plab texnik dastgohlar.
Ahadmix Group'ning mijozlari orasida Samsung, OFB, Makro, Artel, Engelberg, Dreamcity, Olmazor City, Korzinka.uz, Ipak Yuli Bank, Click, Lukoil, Huawei, Rieter, Ucell, Mobiuz, Uzreport TV, GM Uzbekistan, LADA Motors va yana boshqa o‘nlab yirik brendlarni misol sifatida keltirish mumkin.
Kompaniya yaqin kelajakda reklamani qancha odam ko‘rganini hisoblovchi tizimni ishga tushirish niyatida. Shuningdek, reklamalarning vizual sifati ham yanada oshib boradi.
Biznesingiz haqida butun O‘zbekiston bilishini xohlaysizmi? Ahadmix Group sizga ana shu imkoniyatni taqdim etadi!
Eng so‘nggi innovatsion mahsulotlarimizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Facebook: fb.com/ahadmixgroup
Instagram: @ahadmix_group
Shuningdek, saytimiz orqali ham batafsil ma'lumot olingiz mumkin:
Sayt: www.ahadmix.uz
Telefon: +998 94 657-33-33
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Namanganda YPX mashinasi bilan to‘qnashgan Cobalt haydovchisi qariyb 2 oydan beri komada yotgani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston | 18:20
-
Ilon Maskda muammolar: uning biznesi zarar ko‘rmoqda, Tramp bilan esa ilk kelishmovchilik chiqqan
Jahon | 18:10
-
“Oqibatlari og‘ir bo‘ladi” - Alisher Qodirov internetdagi “axborot loyihalari” haqida
O‘zbekiston | 18:01
-
AQSh Senati Bosh shtab boshlig‘i lavozimiga yangi nomzodni ma’qulladi
Jahon | 17:48
Mavzuga oid

14:40 / 24.02.2022
Ahadmix Group: “Jamoamiz - bizning kuchimiz”

10:47 / 27.04.2021
Endilikda tashqi LED ekranlar yordamida sport yangiliklari ham yoritib boriladi

12:30 / 24.10.2020
Ahadmix Group va Division tashqi reklama aksiyasini boshlashdi

08:30 / 08.09.2020