Banklar privatizatsiyasi qachondan boshlanishi ma'lum bo‘ldi
O‘zbekistondagi 13ta bankda davlat ulushi mavjud. 2020 yil oxiridan e'tiboran, ularni bosqichma-bosqich xususiylashtirish boshlanadi.

Foto: Shutterstock
Moliya vaziri o‘rinbosari Shoxruh Shorahmedovning aytishicha, bu borada Xalqaro moliya korporatsiyasi va boshqa xorijiy investorlar bilan muzokaralar olib borilmoqda.
«Davlat ulushi bo‘lgan banklarning hammasi birdaniga xususiylashtiriladi, deb aytolmaymiz. Bu juda murakkab, vaqt talab qiladigan masala. Hozircha «Sanoatqurilishbank»ka o‘xshagan yirik-yirik banklar haqida gapirishimiz mumkin. «Sanoatqurilishbank» [o‘tgan yili] London fond birjasida obligatsiyalarini chiqardi.
Ayni paytda «Ipotekabank» faoliyatini isloh qilish harakatidamiz. Boshqa banklar bo‘yicha ham ishlar olib borilyapti. Yil oxiriga borib, investorlarni jalb qilishni boshlaymiz.
Vaqt o‘tishi bilan bu jarayonlar tezlashadi, deb o‘ylaymiz. Yaqin yillarda davlat ulushi bo‘lgan banklar to‘liq xususiylashtirilishi ustida ish olib borilmoqda», – dedi Shorahmedov 4 mart kuni Xalqaro press-klub sessiyasida.
2019 yili Moliya vazirligiga davlat ulushi yuqori bo‘lgan banklarni isloh qilish, ularga xorijiy investorlarni jalb qilish va xalqaro bozorga chiqarish bo‘yicha vazifalar yuklatilgan edi.
«Shuning uchun vazirligimizda maxsus boshqarma (Davlat ishtirokidagi tijorat banklarini isloh qilishni muvofiqlashtirish boshqarmasi – tahr.) ham tashkil etilgan hamda ushbu masala vazir o‘rinbosarining funksiyalariga kiritilgan edi», – degan vazir o‘rinbosarining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda strategik ahamiyatga ega korxonalardan tashqari, davlat ulushi mavjud barcha korxonalar bosqichma-bosqich xususiylashtirilishi e'lon qilingan.
2020 yildan boshlab mamlakat banklarida keng ko‘lamli transformatsiya dasturi amalga oshiriladi. 2020 yilda Milliy bank va Ipoteka-bank ham o‘z yevrobondlarini chiqaradi.
Ustav kapitalidagi davlat aksiya paketlari (ulushlari) to‘liq xususiy sektorga sotilishi taklif etilayotgan banklar quyidagilar:
- «Poytaxt bank» AJ (hozirda davlat ulushi – 100 foiz)
- «Asia Alliance Bank» ATB (100)
- «Turonbank» ATB (97,6)
- «Qishloq qurilish bank» ATB (96,5)
- «Asaka» ATB (95,9)
- AT «Aloqabank» (94,2)
- «O‘zbekiston sanoat-qurilish bank» ATB (89,1)
- «Ipoteka-bank» ATIB (84,7)
- «O‘zagroeksportbank» ATB (75)
- «Ipak yo‘li aksiyadorlik innovatsiya tijorat banki» AJ (0,4)
- «Trastbank» XAB (0,1)
- Chet el kapitali ishtirokidagi «Xamkorbank» ATB (0,01)
Quyidagi to‘rtta bankda davlat aksiya paketi to‘liq saqlanib qolishi kutilmoqda:
- «Xalq banki» ATB (100)
- «O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki» AJ (100)
- «Agrobank» ATB (94,3)
- «Mikrokreditbank» ATB (84,8)
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Deportatsiya qilingan fuqarolarini qaytarish tartibi belgilandi
O‘zbekiston | 18:09
-
O‘zbekistonlik 14 nafar faxriyning hayotiga oid «Xotira nuri» kitobi taqdim etildi
O‘zbekiston | 18:00
-
“Biz ularga qo‘shila olmaymiz”. Xalq demokratik partiyasi parlamentda o‘zini muxolifat deb e’lon qildi
O‘zbekiston | 18:00
-
Mo‘g‘ulistonning Hunnu Air aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 17:48
Mavzuga oid

16:52 / 07.05.2025
Noshaffof xususiylashtirishlar. Bu yana davom etadimi?

17:21 / 30.04.2025
Toshkentning Shayxontohur tumani hokimligi binosi sotuvga qo‘yildi

20:36 / 28.04.2025
Bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obektlaridan samarali foydalanish tashkil etiladi

23:15 / 26.04.2025