Yoş ijodkorlar, Özbek tili va adabiyoti instituti talabalarining qalamiga mansub qahramonlik hikoyalari töplami — «Xotira nuri» kitobi taqdim etildi.
«Xotira nuri» — bu oddiy, ammo juda muhim ğoyadan tuğilgan kitob: faxriylarning jonli tarixini saqlab qolişga ulgiriş. Uşbu ğoya muallifi — Şahnoza Mirziyoyeva. Aynan u loyihani taşabbus sifatida ilgari surgan.
«Xotira nuri» — bu şunçaki xotiralar töplami emas. Bu — avlodlar örtasidagi muloqot. Kitobda Özbekistonning har bir hududidan bittadan, jami 14 ta hikoya jamlangan. Loyiha keyingi yil davomida barça tirik faxriylarni qamrab olib, ularning hayotiy yöllarini «xotira kitobi»ga kiritiş, milliy qahramonlik arxivi yaratişni rejalaştirgan.

Qayd etilişiça, loyiha doirasida talaba yoşlar jalb etilgan. Talabalar faxriylarning uyiga borişgan, ular bilan suhbatlaşgan, tinglaşgan va yozib olişgan. Aynan şu suhbatlar kitobning asosiga aylangan.
Şahnoza Mirziyoyeva Özbekistonning turli hududlariga borib, kitob qahramonlari bilan şaxsan uçraşdi va ularga prezident nomidan «Ğalabaning 80 yilligi» esdalik medallarini topşirdi. Faxriylarga ularning xotiralari mehr bilan saqlab qilingan uşbu kitobning özini ham tuhfa etdi.
«Bu kitob ötmiş haqida emas. Bu — kelajak haqida. Şunday bölsinki, yoşlar bilsin, avlodlar boğlanişi uzilmasin, hikoyalar yaşasin va ilhom bersin», — deyiladi xabarda.

Oldinroq Ğalaba boği hududida «Xotira nuri» majmuasi oçilgani töğrisida xabar berilgandi. U gulli daraxtlar, butalar va yorqin gulzorlar bilan öralgan. Bu joyda xotira, hurmat va minnatdorçilik tuyğulari aks etgan öziga xos muhit yaratilgan. Majmuaning markazida joylaşgan yodgorlik oçiq sahifadek yasalgan kitob şaklida bölib, u abadiy meros va hayotini Vatan uçun fido qilganlar xotirasini ifodalaydi. Yaşil hudud uç tomondan yodgorlik tomon olib boruvçi sayr yölaklari bilan bezatilgan. Monument maketi ustida mamlakatning yetakçi haykaltaroşlari hamda Özbekiston Badiiy akademiyasi talabalari işlamoqda.

Raqamli platforma — bu faxriylar haqidagi foto, video va audio materiallardan iborat arxiv bazasidir. U «xotira kitobi»da keltirilgan hikoyalarni boyitadi. Zamonaviy texnologiyalar orqali ilk bor Özbekistonda oçiq osmon ostida raqamli muzey yaratilmoqda. Har bir taşrif buyuruvçi markaziy monumentga örnatilgan interaktiv QR-kod orqali bu boy xotiralarni tinglaşi, körişi va his qilişi mumkin böladi.












