Uzbekistan Airports kompaniyasi Möğulistonning Hunnu Air aviakompaniyasi bilan muzokaralarning ikkinçi bosqiçini ötkazdi.
Yiğilişda iştirok etiş uçun aviakompaniya boş direktori Purevjav Munxjargal Toşkentga keldi. Tomonlar Toşkent va Ulan-Bator örtasida töğridan-töğri muntazam yölovçi qatnovlarini taşkil etiş bilan boğliq masalalarni muhokama qildi. Aviakompaniya joriy yilning sentabr oyidan boşlab Embraer 190 samolyotlarida haftasiga ikki marta parvozlarni amalga oşirişni rejalaştirmoqda.
Muzokaralarda, şuningdek, Möğuliston aviataşuvçisi rahbari Toşkentni nafaqat istiqbolli, sayyohlar va işbilarmonlar uçun qiziqarli manzil, balki Möğuliston va qöşni davlatlar yölovçilarining parvozlari uçun keng imkoniyatlar oçib beruvçi tranzit hab sifatida ham körişini ta’kidladi.
Hunnu Air — 2011 yilda taşkil etilgan va ştab-kvartirasi Ulan-Bator şahrining Çingizxon xalqaro aeroportida joylaşgan xususiy möğul aviakompaniyasi. Aviakompaniya içki va xalqaro parvozlarni ATR 72-500 va Embraer 190 samolyotlarida amalga oşiradi.












