O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Milliy bog‘da Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambar qo‘yildi
Alisher Navoiyning o‘zbek tili rivojiga qo‘shgan hissasi, o‘zbek tiliga bo‘lgan e'tibori, mashhur “Xamsa” asaridagi besh doston qahramonlari yodga olindi.

Bugun, 21 oktabr kuni “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati, yetakchi uchuvchi va bortkuzatuvchilari Milliy bog‘da bo‘lib o‘tgan tantanali tadbirda ishtirok etib, buyuk alloma, o‘zbek adabiy tili asoschisi Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambar qo‘ydilar.
Alisher Navoiyning o‘zbek tili rivojiga qo‘shgan hissasi, o‘zbek tiliga bo‘lgan e'tibori, mashhur “Xamsa” asaridagi besh doston qahramonlari yodga olinib, shoirning ruboiy va g‘azallaridan namunalar o‘qidilar.
Tadbir ishtirokchilari o‘zbek tilining uzoq tarixga ega ekanligi, hazrat Navoiy «Tilga e'tibor-elga e'tibor» iborasi ila o‘zbek tilidan faxrlanishga undashi, ana shu tilda «Xamsa»ni bitib, o‘zbek tiliga asos solganini faxr va ehtirom ila tilga oldilar.
Eslatib o‘tamiz, 21 oktabr kuni o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 31 yil to‘ldi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tabrik yo‘lladi.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp tariflar bilan bog‘liq muvaffaqiyatsizlikda yordamchilarini aybladi – OAV
Jahon | 23:51 / 12.04.2025
-
Tramp Rossiyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni bir yilga uzaytirdi
Jahon | 22:54 / 12.04.2025
-
Dunyodagi eng tez fuqarolik samolyoti uchishga tayyor
Jahon | 21:42 / 12.04.2025
-
Piskentdagi avtomobil sinovining videosi tarqaldi. Mas’ullar “noto‘g‘ri talqin” bo‘layotganini aytmoqda
O‘zbekiston | 21:25 / 12.04.2025
Mavzuga oid

18:49 / 03.03.2025
Ayrim xorijiy so‘zlarni o‘zbekcha muqobiliga almashtirish taklif etildi

10:31 / 18.03.2024
Xorijdagi o‘zbekistonliklar uchun O‘zbek tili onlayn platformasi ishga tushirildi

18:18 / 01.06.2023
6 jildli «O‘zbek tilining izohli lug‘ati» taqdimoti o‘tkazildi

14:34 / 17.10.2022