«Ipak yo‘li» turizm xalqaro universitetida FLTAL konferensiyasi o‘tkazildi

21-22 dekabr kunlari «Ipak yo‘li» turizm xalqaro universitetida X FLTAL-2020 onlayn-anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda yigirmata davlatdan yuzga yaqin ishtirokchi qatnashdi.
Ma'lumot o‘rnida aytish mumkinki, FLTAL uyushmasi O‘zbekistonda chet tillar o‘qitish sohasida jahon pedagogik innovatsiyalari va eng so‘nggi ilmiy-metodik tadqiqotlarni taqdim etib kelmoqda.
Anjumanda Qozog‘iston, Rossiya, Xitoy, Singapur, Yaponiya, Tailand, Turkiya, Italiya, Kanada, Saudiya Arabistoni, Vengriya, Qatar, Janubiy Koreya, AQSh, Sloveniya, Yangi Zelandiya, Isroil, Qirg‘iziston, Eron, Falastin kabi mamlakat vakillari ishtirok etishdi.
Tilshunoslik professori Azamat Akbarov tashabbusi bilan asos solingan FLTAL uzoq yillar davomida haqiqiy brendga aylandi, ilmiy doiralarda keng tanildi. Chunki u oz emas, ko‘p emas, filolog olimlar, tilshunoslar, til o‘qituvchilarining o‘ziga xos olimpiya o‘yinlari kabi o‘tadi. Nufuzli jahon ekspertlari taassurotiga ko‘ra, mutaxassislarning anjumanda namoyish etilgan amaliy pedagogik va ilmiy-tadqiqot ishlarida bevosita erishgan yutuqlari metodik ta'lim jarayonini jiddiy chuqurlashtirish va takomillashtirish, samarali natijaga erishishga ketadigan vaqtni sezilarli darajada qisqartirish, zamonaviy tilshunoslik rivojida yangi istiqbollar va rivojlanish yo‘llarini belgilab olish imkonini berdi.
Konferensiya tashkilotchilari – «Ipak yo‘li» turizm xalqaro universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Pekin xalqaro aloqalar universiteti bunday loyihani munosib ravishda jahon talablari darajasida amalga oshirishga erishdi.
Konferensiyada faol qatnashgan talabalar orasida «Eng yaxshi maqola» nominatsiyasi bo‘yicha taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Ushbu rag‘bat talabalarni ilmiy maqolalar yozishga va bu kabi xalqaro miqyosdagi tadbirlarda akademik ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam berishi shubhasiz.
Anjumanning ochilish marosimida Pekin Xalqaro aloqalar universiteti prorektori Cheng Vey, O‘zbekiston davlat Jahon tillari rektori Ulug‘bek Azizov, Qoraqalpog‘iston Milliy universiteti prorektori Atabek Alimov o‘z nutqlari bilan konferensiya ishtirokchilari oldida chiqish qilishdi.
"Ipak yo‘li" xalqaro turizm universiteti jamoatchilik bilan ishlash bo‘limi
Tavsiya etamiz
500 milliard dollarlik nafrat: Tramp nega Zelenskiyni yomon ko‘rib qoldi?
Jahon | 22:53 / 21.02.2025
Trampdan Putinga navbatdagi «sovg‘a»: AQSh prezidenti Zelenskiy saylovda yengilishiga ishora qildi
Jahon | 23:06 / 19.02.2025
Muzokarami yoki gurung: AQSh va Rossiya bosh diplomatlari uchrashuvi haqida
Jahon | 20:38 / 19.02.2025
Pensiyani avtomatik tayinlashga o‘tilmoqda. Asosiy savollarga javoblar
Iqtisodiyot | 16:58 / 19.02.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
O‘zbekiston | 02:01
-
Germaniyadagi parlament saylovlari: kansler Olaf Shols mag‘lubiyatini tan oldi, Mers esa tezda hukumat tuzishini aytdi
Jahon | 01:00
-
Ilon Mask Ukraina Starlink tizimidan uzib qo‘yilishi mumkinligi haqidagi xabarlarni rad etdi
Jahon | 23:45 / 23.02.2025
-
APL. «Liverpul» «Etihad»da «Siti»ni mag‘lub etdi, Husanov to‘liq o‘ynadi
Sport | 23:36 / 23.02.2025
Mavzuga oid

13:24 / 21.09.2021
Nobel mukofoti sovrindori Aziz Sanjar Ipak yo‘li xalqaro turizm universitetiga keldi

09:00 / 11.08.2021
“Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti talabasi bo‘lishga shoshiling va vaqtingizni boy bermang!

16:00 / 18.07.2021
Talaba bo‘lishga nostandart yechim! «Ipak yo‘li» turizm xalqaro universiteti sizga oltinchi tanlovni taqdim etdi

11:20 / 17.05.2021