Samarqanddagi «Ipak yöli» turizm xalqaro universiteti bakalavriatning quyidagi yönalişlari böyiça hujjatlarni qabul qiliş 1 avgustga qadar davom etişini ma’lum qiladi.
Bakalavriat (ta’lim tili – ingliz tili):
• Turizmda logistika;
• Smart turizm;
• Turizmda media va kommunikatsiya;
• Menejment;
• Amaliy tillar;
• Gid – tarjimon;
• Turizm faoliyati yönalişlari.

Abituriyentlarga bir vaqtning özida 3 ta bakalavriat ta’lim yönalişlarini tanlaş imkoniyati yaratilgan. Hujjatlarni qabul qiliş universitetning rasmiy sayti admissions.univ-silkroad.uz/index.php havolasi orqali bepul amalga oşiriladi.
«Ipak yöli» turizm xalqaro universitetida ta’lim ingliz tilida olib borilib, öqişga kiriş uçun IELTS (5,5 dan yuqori), TOEFL (72 balldan yuqori), CEFR (B2 darajasidan yuqori) sertifikati talab qilinadi. Hozirda muayyan sertifikatga ega bölmagan abituriyentlarga talabalar safiga qabul qilinişi uçun sertifikatni 10 sentabrgaça taqdim etiş imkoni beriladi.
Agar abituriyent 2021 yil 20 iyuldan 10 sentabrgaça ingliz tilini biliş darajasi böyiça milliy yoki xalqaro sertifikat böyiça imtihonlarni topşirib, tegişli ball töplagan bölsa, mazkur abituriyentlarning til böyiça imtihon topşiriş xarajatlari universitet tomonidan qoplab beriladi.
Diqqat! Boşqa OTMlarga hujjat topşirgan abituriyentlar parallel ravişda «Ipak yöli» turizm xalqaro universiteti ta’lim yönalişlariga ham hujjat topşirib, öz imkoniyatlarini sinab körişlari mumkin.
Qöşimça ma’lumotlar uçun universitet rasmiy sayti yoki quyidagi raqamlarga murojaat qilişingiz mumkin:
+998979110121 (Telegram, WhatsApp);
















