Xristian-demokratik ittifoq (XDI) va Xristian-sotsial ittifoq (XSI) konservativ blokidan Germaniya kanslerligiga nomzod Fridrix Mers qisqa muddatda hukumatni şakllantirişni talab qildi. Bu boradagi bayonotni u 23 fevral kuni bundestag saylovlarining dastlabki norasmiy natijalari e’lon qilganidan keyin bildirdi.
Ekzit-polga köra, XDI/XSI saylovçilarning 29 foiz ovozini töplagan. «Germaniya uçun muqobil» ultraöng partiyasi 19,6 foiz körsatkiç bilan ikkinçi örinni egallagan. Germaniya sotsial-demokratlar partiyasi — 16 foiz, «Ittifoq-90»/«Yaşillar» esa 13,3 foiz ovoz töplagan. Söllar partiyasida esa uşbu körsatkiç 8,6 foizni taşkil etmoqda.
Şu bilan birga, Germaniyaning amaldagi kansleri Olaf Şols saylovlardagi mağlubiyatini tan oldi. «Bu —Sotsial-demokratlar partiyasi uçun saylovning aççiq natijasi. Saylov natijalari uçun men ham mas’ulman», — dedi Şols. U Mers va XDI/XSIni parlament saylovlaridagi ğalaba bilan tabrikladi. «Biz demokratik mamlakatda yaşayapmiz», — deydi Şols raqibining ğalabasiga şama qilib. Şu bilan birga, u Germaniyada qariyb 20 foiz saylovçi ultraöng «Germaniya uçun muqobil» partiyasiga ovoz berganini qabul qilib bölmasligini ta’kidladi.
23 fevral kuni Germaniyada muddatidan oldin parlament saylovlari bölib ötdi. Mamlakatda 59,2 million saylovçi bor, ularning 24,9 millioni (42 foiz) — 60 yoşdan kattalar. Saylovçilarning 2,3 millionga yaqini esa (3,9 foiz) 18 yoşga tölgan va federal saylovlarda ilk bor ovoz berayotgan yoşlardir.
Eslatib ötamiz, ötgan yilning dekabr oxirlarida Germaniya prezidenti Frank-Valter Ştaynmayyer mamlakat parlamentini (bundestag) tarqatib yuborib, 2025 yil 23 fevral kuni muddatidan oldin parlament saylovlari ötkazilişini belgilagandi. «Hozirgidek murakkab davrda barqarorlikni ta’minlaş uçun salohiyatli hukumat va parlamentda işonçli köpçilik talab etiladi», — degandi u.







