Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nurmat Otabekov: «Hozirgi barqaror vaziyat – aldamchi»
15 yanvar kungi brifingda koronavirusga qarshi kurashish shtabi a'zosi Nurmat Otabekov fuqarolarga murojaat qildi.

«Vaziyatni murakkablashtirib yuborish o‘z qo‘limizda. Hozirda fuqarolarimiz karantin cheklovlari yengillashtirilgani bois ancha erkin bo‘lib qolishdi. Albatta tushunamiz, xalqimiz zerikkan. Ammo biz doka niqobni taqmaslik uchun emas, taqish uchun sabab qidirishimiz kerak. Hozirgi barqarorlik aldamchi vaziyat bo‘lishi mumkin», – dedi Nurmat Otabekov.
Uning ta'kidlashicha, mutatsiyaga uchragan koronavirus infeksiyasining kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur va ular hali o‘z kuchini yo‘qotmagan:
- niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, antiseptiklar bilan zararsizlantirish tadbirlarini kuchaytirish;
- zaruriyat bo‘lmaganda mamlakat fuqarolariga chet mamlakatlarga chiqishni cheklash;
- ommaviy va boshqa turli yig‘inlar tashkil etishni cheklash;
- karantin choralariga qat'iy rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish, aniqlangan qoidabuzarliklarga nisbatan keskin choralar ko‘rishni davom ettirish;
- xorijdan kelayotgan barcha shaxslardan aeroport, temir yo‘l vokzali yoxud chegara punkti hududida koronavirus infeksiyasi antigenini aniqlash bo‘yicha ekspress test olishni davom ettirish;
- mutatsiyaga uchragan koronavirus infeksiyasi kasalligi qayd etilgan davlatlarni «qizil» hudud deb belgilash hamda ushbu hududlar bilan aviayo‘nalishdagi qatnovlarni to‘xtatish yuzasidan qabul qilingan taqiq muddatini 31 yanvarga qadar uzaytirish;
- mutatsiyaga uchragan koronavirus infeksiyasining yangi shtammining bolalar o‘rtasida tarqalish xavfi yuqoriligini e'tiborga olgan holda, maktabgacha ta'lim tashkilotlari, maktablar, kollejlar, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida mashg‘ulotlarni «gibrid» tarzda olib borishni davom ettirish.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ramzon Qodirov Turkiyada dam olayotganda cho‘kib ketishiga sal qoldi – OAV
Jahon | 22:01
-
Gurbanguli Berdimuhamedov aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagini sportkarda sinovdan o‘tkazdi
Jahon | 21:20
-
Dunyoda yana bir urush – Tailand va Kambodja o‘rtasida
Jahon | 21:18
-
Samarqand shahrining yoshi 3 ming yil deb qayta baholanadi
O‘zbekiston | 21:17
Mavzuga oid

15:00 / 10.06.2025
O‘zbekistonda bolalar orasida Koksaki virusi avj olayotgani haqidagi xabarlar asossiz – SSV

11:25 / 30.05.2025
SSV: O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqaror

17:46 / 27.02.2025
SSV: Mavsumiy respirator kasalliklar tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat barqaror

17:37 / 31.01.2025