O‘zbekiston | 23:02 / 15.04.2021
9851
3 daqiqa o‘qiladi

Alisher Qodirov «Davlat tili haqida»gi qonunga taklif qilinayotgan asosiy o‘zgarishlar haqida gapirdi

O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi lideri Alisher Qodirov Oliy Majlis qonunchilik palatasida ikkinchi o‘qishga tayyorlanayotgan «Davlat tili haqida»gi qonun haqida gapirdi.

Siyosatchiga ko‘ra, qonun yangi tahrirda qabul qilingan taqdirda qator o‘zgarishlarni nazarda tutadi.

«Davlat tili haqida»gi qonun 1989 yilda qabul qilingan. Bugungi kunda tilga bo‘lgan munosabat, jamiyatda o‘zbek tilining o‘rni va ahamiyati keskin o‘zgardi.

Shundan kelib chiqqan holda qonunning yangi tahrirda qabul qilinish jarayonlari boshlandi. Yaqin kunlarda biz qonunni ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqamiz.

Asosiy o‘zgarishlar haqida esa loyiha ikkinchi o‘qishdan o‘tgandan keyin gapirish mumkin. Lekin «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasining taklifi shundayki, davlat tashkilotlarida ishlovchi xodimlar o‘zbek tilini bilishi shart.

Ya'ni xodim davlat tashkilotida ishlayaptimi, albatta, o‘zbek tilida gaplasha olishi kerak», – dedi Alisher Qodirov.

Partiya taklif qilayotgan ikkinchi taklif – fuqarolar davlat tashkilotlariga murojaat qilgan taqdirda, o‘z murojaatini davlat tilida berishi kerakligi borasida bo‘lmoqda.

«Agar fuqaro o‘z murojaatini davlat tilida qilishining iloji bo‘lmasa, tarjimasi ilova qilinishi shart.

Bugungi kunda davlat idoralarining boshqa tillarda qilingan murojaatlarni ko‘rib chiqish uchun mutaxassis yoki tarjimonga ehtiyoji bor. Unga javob berayotganda yana o‘sha tilda yuborish ham alohida xarajatlarni talab qiladi.

Qolaversa, biz davlat tashkilotlariga qabul qilinayotgan xodimga xorijiy tillarni bilishi kerak, degan talabni qo‘ymaganmiz.

Takliflarimizning yana bir muhim jihatlaridan biri ta'lim bilan bog‘liq. Hozir O‘zbekistonda fuqaro uchun ta'lim tilini tanlash huquq sifatida berilgan.

Konstitutsiya bo‘yicha turli millat vakili bo‘lgan vatandoshlarimizga o‘z ona tilida ta'lim olishi uchun sharoit yaratib berilgan. Aynan mana shu sharoitni saqlab qolgan holatda, biz o‘zbek oilalari uchun ta'lim tilini tanlash imkoniyatini to‘xtatmoqchimiz. Negaki, ta'lim tilini hamma o‘z ona tilida olishi kerak va bu qonunda aks etishi lozim», – dedi partiya rahbari.

Mavzuga oid

E`lonlar

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va Pukyong milliy universiteti o‘rtasidagi ilmiy va madaniy hamkorlik rivojlanmoqda

Golden House  biznes-klassdagi O‘z Makon II turar joy majmuasi taqdimotiga taklif etadi

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi

Tenge Bank Visa bilan hamkorlikda bir qator innovatsion to‘lov xizmatlarini ishga tushirmoqda

FAW Trucks: O‘zbekistonda yangi davrni boshlagan yetakchi yuk mashinalari ishlab chiqaruvchisi

Fermerlar va dehqonlar uchun qulay imkoniyat – “O‘zkimyosanoat” AJ mineral o‘g‘itlarga 10 foizgacha chegirma narxlarini taklif etmoqda 