Yangi quriladigan köp qavatli uylarda energiya manbasi sifatida faqat elektr energiyasidan foydalanişga ötilişi mumkin. Bunda ikki konturli isitiş qozonlaridan voz keçilib, issiqlik ta’minoti markazlaşgan qilib quriladi, ovqat pişirişga elektr plitalar işlatiladi. Bu taklifni qöllaşini bildirgan deputat Alişer Qodirovning fikriça, “gazni uy isitiş va ovqat pişirişga işlatib yuboradigan xalqning kosasi oqarmaydi”.

Özbekistonda yangi quriladigan xonadonlarni markazlaşgan tartibda isitiş, ovqat pişiriş uçun esa elektr plitasidan foydalaniş közda tutilmoqda.

23 yanvar kungi prezident selektorida ma’lum qilinişiça, 18 ming xonadon gazda individual isitiladigan qilib qurilgani uçun foydalanişga qabul qilinmay turibdi. Mutasaddilarga işçi guruhi tuzib, har bir holatni örganib, masalaning yeçimi böyiça hukumatga taklif kiritiş topşirildi.

“Bu yil 135 ming xonadonli köp qavatli uylarni markazlaşgan holda isitiladigan, ovqat pişiriş esa elektr plitasi orqali böladigan qilib quriş zarurligi qayd etildi”, – deyiladi rasmiy xabarda.

Qayd etilişiça, joriy yilda aynan 135 mingta xonadon qurilişi hisob-kitob qilingan (şundan 15 mingtasi Yangi Toşkentda). Şu tariqa, 2025 yildan boşlab, yangi qurilgan xonadonlarda tabiiy gaz bölmasligi mumkin.

Oliy Majlis deputati Alişer Qodirov bu taklifni qöllab-quvvatlaşini bildirdi.

“Yangi quriladigan uylarda energiya manbasi sifatida faqat elektr energiyasini rağbatlantiriş taklifini qöllab-quvvatlaymiz. Yaşil energetika – kelajagimiz”, – deya yozdi Qodirov 24 yanvar kuni Telegram'dagi kanalida.

Uning sözlariga köra, gaz – qimmat resurs. 1 kub gazdan 10 ga yaqin yuqori qiymatli, eksportbop mahsulot işlab çiqariş, xorijga sotiş va uning puliga millionlab vatandoşlarga iş örni yaratiş mumkin.

“Tilla qatori milliardlab kub gazni uy isitiş va ovqat pişirişga işlatib yuboradigan xalqning kosasi oqarmaydi.