Prezident Sheroboddagi agrosanoat korxonalarini ko‘zdan kechirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Sherobod tumanidagi zamonaviy issiqxonani ko‘zdan kechirdi.

«Sherobod agro impeks» mas'uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli ushbu majmua o‘tgan yili ishga tushirilgan. 29 gektarlik issiqxonada pomidor, bodring, bulg‘or qalampiri, baqlajon kabi bozorbop mahsulotlar yetishtirilmoqda. Bu yerda 200 nafar mahalliy yoshlar ishlamoqda.
Mahsulot hajmini ko‘paytirish orqali uning tannarxini arzonlashtirish muhimligi ta'kidlandi.
Shu yerda «Sherobod anor impeks» korxonasi ham tashkil etilgan. 5 million dollarlik mazkur loyiha natijasida anorni qadoqlash va qayta ishlash yo‘lga qo‘yilgan. Uskunalar Janubiy Koreya va Sloveniyadan keltirilgan.
Anor bo‘lmagan paytda korxona to‘xtab qolmaydi. Meva-sabzavot va poliz mahsulotlarini saralab, bozorga chiqaradi.
Korxona 6 ming tonna qadoqlash, 2 ming tonna anor sharbati ishlab chiqarish quvvatiga ega. Bu yerda 70 kishi ish bilan ta'minlangan.
Anor mevasi aholi va bog‘dorchilik xo‘jaliklaridan sotib olinadi. Sherobod tumanida bir yilda qariyb 30 ming tonna anor yetishtiriladi. Shundan 8 ming tonnasi eksportga chiqarilmoqda.
Yaqingacha tumanda 2 ming 400 gektar anorzor bor edi. Joriy yilda hosildorligi past bo‘lgan 3 ming gektardan ziyod paxta va g‘alla maydonlari o‘rnida fermer xo‘jaliklari va tadbirkorlar tomonidan anor bog‘lari tashkil etildi. Buning natijasida qo‘shimcha 3 mingta yangi ish o‘rni yaratildi. Uch yildan keyin bu yangi ko‘chatlardan 18 ming tonna hosil olish mumkin. Uning 8 ming tonnasi qayta ishlanishi va 10 ming tonnasi eksport qilinishi rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
AESda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining narxi qancha bo‘ladi?
O‘zbekiston | 18:04 / 25.03.2025
JCh-2026 saralashi: Eronga qarshi o‘yin oldidan
Sport | 15:16 / 25.03.2025
Kiyevga yana zarba berildi. Qurbonlar bor
Jahon | 13:57 / 23.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Xitoyga tegishli 50 ta kompaniyani sanksiyalar ro‘yxatiga qo‘shdi
Jahon | 19:04
-
O‘zbekistonda gaz qazib olish va elektr energiyasi ishlab chiqarish qisqardi
O‘zbekiston | 18:32
-
Endi shaharsozlik qonunchiligining odam o‘limiga sabab bo‘lgan tarzda buzilishi jinoiy javobgarlik keltirib chiqaradi
O‘zbekiston | 18:29
-
Daniya tarixda ilk bor ayollarni harbiy xizmatga chaqirish boshlanadi
Jahon | 18:26
Mavzuga oid

16:33 / 12.03.2025
Surxondaryoda bolasini sotmoqchi bo‘lgan ayol 3 yilga qamaldi: 6 bola va nogiron er qarovsiz qoldi

12:27 / 11.03.2025
Boysunda YTH oqibatida 8 yoshli qiz halok bo‘ldi

12:40 / 23.02.2025
Surxondaryodagi milliy tabiat bog‘ida fotoqopqonga qor qoploni tushdi

10:40 / 13.12.2024