14:09 / 28.07.2021
327
Navoiyda MIB tomonidan 6 oyda qariyb 232 mlrd so‘m undirilgan

MIB organlari tashkil etilganidan bugungi kunga qadar Navoiy viloyatida 2 trln 555 mlrd so‘mlik hujjatlarning ijrosi ta'minlangan. Bu haqda 2021 yil 27 iyul kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi.

MIB Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i Olimjon Mardonovning ta'kidlashicha, joriy yilning yanvar-iyun oylarida viloyatda 695 mlrd so‘mlik 71 614 ta ijro hujjati yuzasidan ijro tadbirlari amalga oshirilgan. Ushbu davrda boshqarma tomonidan 24 854 ta ijro ishi bo‘yicha qariyb 232 mlrd so‘m (72,4 mlrd so‘mi davlat foydasiga, 144,5 mlrd so‘mi yuridik shaxslar foydasiga hamda 14,8 mlrd so‘mi jismoniy shaxslar foydasiga) mablag‘ undirilgan.

Shuningdek, sud qarorlari asosida qonunga xilof ravishda ishdan bo‘shatilgan 152 nafar shaxs ishga tiklanib, to‘lanmay qolgan 757 mln so‘mlik ish haqlari undirib berilgan. 

Ma'lum qilinishicha, ayni vaqtda davlat ijrochilarining ish yurituvida bo‘lgan 38 354 ta ijro hujjatining 11 254 tasi aliment masalasi bilan bog‘liq. Yilning o‘tgan muddatida 232 ta oila yarashtirilgan, qarzdor otalardan esa jami 2,5 mlrd so‘mdan ortiq aliment pullari undirilgan. 

Bugungi kunda boshqarma ish yurituvida mulkiy undiruvlar bilan bog‘liq 308,1 mlrd so‘mlik 38 354 ta ijro ishi, shu jumladan davlat foydasiga undiruvlar bilan bog‘liq 48,4 mlrd so‘mlik 14 411 ta ijro ishi saqlanib kelmoqda. Undiruvlar bilan bog‘liq eng past ko‘rsatkichlar Navoiy shahri, Karmana va Nurota tumanlariga to‘g‘ri keladi.

Top