Farğona viloyatidagi tumanlardan birining Majburiy ijro byurosi boşliği pora bilan qölga olindi, deb xabar berdi DXX.

Qayd qilinişiça, u öz xizmat vakolatidan foydalangan holda, böysunuvidagi davlat ijroçisi iş yurituvida bölgan fuqarolik işlari böyiça sudning ijro varaqasi böyiça javobgarlarni uşbu tumandagi xonadondan majburiy tartibda köçiriş yuzasidan ijro harakatlarini yakunlab beriş evaziga 2 ming AQŞ dollari talab qilgan.

3 iyun kuni u talab qilingan pul mablağidan 1200 AQŞ dollarini pora sifatida olgan. Davlat xavfsizlik xizmati va Boş prokuratura huzuridagi Departament hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda, u qolgan 800 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Holat yuzasidan MIB mansabdor xodimiga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllandi.