Majburiy ijro byurosi axborot xizmati rahbari Farrux Toşpölatovga köra, 2018 yilda aliment va moddiy ta’minot undiruvlari böyiça jami 240 mingta ijro hujjati mavjud bölgan bölsa, 2025 yilning 1-yarim yilligi böyiça bu körsatkiç 348 mingtani taşkil etib, keyingi 7 yil davomida iş yurituvdagi aliment böyiça hujjatlar 45 foizga ösgan. Şundan 3500 nafar onadan aliment undiruvi bilan boğliq ijro hujjatlari qayd etilgan.

Ayollar tomonidan aliment tölanişi holatlari böyiça eng köp körsatkiç Samarqand viloyatiga töğri keladi. Undan keyingi örinlardan Farğona, Surxondaryo va Andijon viloyatlari joy olgan.

Ma’lumot uçun, odatda aliment tölaş majburiyati erkaklar zimmasida böladi. Biroq sud qarorlari asosida bolalarning vasiyligi otalariga berilganda, ba’zi holatlarda ona aliment tölovçisi sifatida qayd etiladi.

MIBning ta’kidlaşiça, onalar tomonidan aliment tölaş holatlari kam uçrasa-da, oxirgi yillarda aliment tölovçilar soni köpayişi bilan birga bunday holatlar soni ham ortib bormoqda. Byuro bola huquqlarini ta’minlaş maqsadida har ikki tomonning teng javobgarligini ta’minlaşga harakat qilmoqda.

“Bugungi kunda, Byuro organlari iş yurituvida 348 mingdan ortiq aliment va moddiy ta’minot undiruvi bilan boğliq ijro hujjatlari mavjud bölib, har bir davlat ijroçisiga oyiga örtaça 147 tadan şu toifadagi ijro hujjatlari töğri kelmoqda”, - deyiladi MIB xabarida.

Eslatib ötamiz, 2023 yilda respublika böyiça 3 mingdan ortiq ayol aliment tölovçi hisoblangan.