QQS tölovçilarning uçdan bir qismi “quvğin-kompaniyalar”ga aylantirildi. Bu qanday sodir böldi?
|21:57 / 01.02.202251 96137 min
Dekabr oyining oxiridan boşlab Soliq qömitasi diqqat markazidan tuşmayapti. Bu organning ba’zi qarorlari har xil tortişuvlarga sabab böldi, e’tirozlar ba’zida baland ovozda yangradi. Kun.uz holat böyiça “NG Service” MÇJ direktori Vladimir Srapionov va iqtisodçi Yuliy Yusupov bilan suhbatlaşdi.
Suhbatni tinglab yoki öqib (rus tilida) siz quyidagilarni bilib olasiz:
Tadbirkorlar va ekspertlarning soliq xizmatlariga qanday da’volari bor?
Nima uçun Soliq qömitasi soliq qonunçiligini buzganlikda ayblanmoqda?
Qanday qilib QQS tölovçilarining uçdan bir qismi “quvğin-kompaniyalar”ga aylandi?
Nega ekspertlar Soliq qömitasi öz harakatlari bilan biznesni soyaga olib boradi, deb hisoblaşadi?
Şokir Şaripov, jurnalist: Birinçi savol, hurmatli mehmonlar, bunçalik noroziliklarning sababi nima? Nima böldi özi sohada?
V. Srapionov: Dekabr oyi oxiridan boşlab Vazirlar Mahkamasining 595-sonli qarori kuçga kirdi. Bu qaror hozir hammaning oğzida. Qaror yaşirin iqtisodiyotga qarşi kuraşişga qaratilgan. Bu aslida mutlaqo töğri yönalişdir. Sir emaski, soyadagi aylanmalar bölgan va hozir ham bor. Şuning uçun ham, tabiiyki, tartibga soluvçi idoralar tovarlar harakati va soliqlarni hisoblaşni boşidan oxirigaça nazorat qilişni istaydi. Va buning uçun yuqorida aytib ötilgan qaror ba’zi yangiliklarni kiritadi.
Xususan:
mahsulot va xizmatlarning identifikatsion kodi – MXIK deb ataladigan kodlar har bir tovar obekti uçun majburiy böldi;
kiruvçi QQS summalarini hisob-kitob qilişning mutlaqo yangi şarti paydo böldi.
Bularning barçasi yaşirin aylanmalarni kamaytirişga qaratilgani aniq va buni faqat mamnuniyat bilan qabul qiliş mumkin. Biroq bularni amalga oşiriş masalasi muvaffaqiyatli keçmayapti. Buni köplab savollar, tortişuvlar misolida köriş mumkin.
MXIKdan foydalaniş haqida allaqaçon xabarlar bölgan. Bu röyxat har kuni yangilanadi. Ehtimol, uning bunday bir martalik kiritilişiga töliq tayyorgarlik körilmagan. Bu haqiqatan ham taşkiliy va texnik jihatdan juda murakkab jarayon va uni yaxşilaş kerak.
QQS tölovçilarini röyxatga olişdagi özgarişlarga kelsak, bu özgarişlar juda köp! Ulardan ba’zilari tuşunarli, ammo ba’zilari hayrat va savollarga sabab böldi. Bu töğri iş bölib tuyuladi – xavfning ma’lum darajalari tayinlangan, unga köra soliq organlari barça korxonalarni oldindan baholaşlari va tasniflaşlari mumkin. Bunday mezonlar, albatta, soliq organlarining nazorat funksiyalarini sezilarli darajada osonlaştiradi va ularga “şubhali” narsalarga e’tibor qaratiş imkonini beradi. Ammo uşbu “xavf darajalari” QQS zaçyotlarini çeklaş uçun asos bölyapti, bu, albatta, köpçilik xöjalik yurituvçi sub’yektlarni hayratlantirdi.
Mavzuga oid
Nazorat qiluvçi organlar jamoatçilikning bu savollarini eşitgani quvonarli — kuni keça Moliya vazirligi va Davlat soliq qömitasi ayrim munozarali özgarişlarni yumşatiş böyiça qöşma bayonotini e’lon qildi. Xususan, MXIKni ommaviy ravişda majburiy joriy etiş töxtatildi va uşbu tizimni yaxşilaş uçun MXIKni joriy etiş davom etadigan törtta soha belgilandi. Ular, şuningdek, "xavf darajasi" mezonlarini biroz yumşatişdi va kamaytirişdi – eng yoqimsizlari olib taşlandi.
Yu. Yusupov: Fikringizga töliq qöşilaman: maqsad yaxşi – yaşirin iqtisodiyot kölamini qisqartiriş kerak. Lekin hozir yuzaga kelayotgan barça muammolarning sababi – e’lon qilingan maqsad va foydalanilayotgan vositalar örtasidagi nomuvofiqlikdir.
Nega tadbirkorlar, buxgalterlar, iqtisodçilar bong urmoqda? Bu ikki narsa bilan boğliq.
Birinçidan. Soliq ma’murçiligi sohasida dekabr oyining oxiridan boşlab amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar tadbirkorlik sub’yektlariga ma’muriy yukni ança oşirmoqda. Hisobotlarni topşiriş nuqtayi nazaridan, ba’zi formalarni töldiriş nuqtayi nazaridan.
Aniqlik uçun men tadbirkorlarning ikkita qisqa xabarini öqib beraman:
“Ilgari men oddiy va tuşunarli hisobot şakllari tufayli moliyaviy hisobotlarni mustaqil töldirardim, bu menga qiyin emasdi. Endi men buxgalter izlaşim kerak, lekin hamma ham menga işlaşga kelmaydi, bozor maoşini tölaşga ham imkonim yöq”.
Yakka tartibdagi tadbirkor: “2022 yil yanvar oyidan boşlab soliq deklaratsiyasi har oy topşirilişi kerak. Karimov davrida ham, hokimiyatning şov-şuvi bilan ham bu darajada emas edi. Hisobotni Davlat soliq qömitasining özi yiğişi va tuzişi mumkin, çunki ularda barça hisob-fakturalar mavjud. Biz uçun esa bu mehnat xarajatlarimizni sezilarli oşiradi”.
Biz hayratda qoldik – soliq organlari özlariga qulaylik bölsin uçun bizning buxgalteriya işlarimiz miqdorini bir neça bor oşirdi. Bundan köra yopiliş va soyaga ketiş yoki çet el loyihalari uçun işlaş yoki onlayn işlaş yaxşiroq bölib qolyapti. Yoki buxgalter yollaş kerakmi yakka tadbirkor? Bema’nilik bu. Bir paytlar men hisobot berişdan, hisob yuritişdan çarçaganim uçun kompaniyani yopgan va yolğiz işlay boşlagandim. Meni yana şunga qaytarişyapti”.
Qabul qilingan çora-tadbirlarga nisbatan bunday salbiy munosabatning ikkinçi sababini aytaman. Qölimda Soliq qömitasining ikki hafta oldingi ma’lumotlari. Bugungi kunga qadar 33 755 ta korxonaning qöşilgan qiymat soliği böyiça guvohnomalari töxtatilgan, 18 733 ta korxonaning guvohnomasi tugatilgan, 1 988 ta korxonaning guvohnomasi bekor qilingan. Qança kompaniyaga guvohnoma beriş rad etilgani hozirça noma’lum.
Hammasi bölib 55 ming korxona... Bu – qöşilgan qiymat soliğini tölaydigan barça kompaniyalarning uçdan bir qismidir!
Hozir bizda ularning deyarli 170 mingi bor. Va bu juda yaxşi körsatkiç, çunki 2018 yilda bizda atigi 7 ming QQS tölovçi bor edi. Tasavvur qilyapsizmi, bu qançalik katta özgariş!
Endilikda esa QQS tölovçi korxonalarning uçdan bir qismidan QQS tölovçi ekani töğrisidagi guvohnomalari olib qöyildi.
Bu nima degani? Bu şuni anglatadiki, ular aslida soliq tölaşlari kerak, bu QQS deb ataladi, lekin aslida u endi QQS emas. Nega? Çunki ular yetkazib beruvçilar tomonidan ilgari tölangan QQSni hisobdan çiqara olmaydi. Bundan taşqari, kompaniya tomonidan tölangan soliq zanjirning quyidagi iştirokçilari tomonidan hisobga olinmaydi. Guvohnomadan mahrum bölgan kompaniya QQS tölamaydi, balki aylanma soliq tölaydi. Ya’ni Soliq qömitasi mohiyatan yangi soliq – 15 foizli aylanma soliğini joriy etdi, bu Soliq kodeksida közda tutilmagan. Hozirda QQS tölovçilarining uçdan bir qismi uşbu rejimga uloqtirilgan.
Guvohnomasi töxtatilgan kompaniyalar uçun bu nimani anglatadi? Bu, birinçi navbatda, heç kim ular bilan işlaşni xohlamasligini anglatadi, çunki ular qizil zonada bölgani sababli ulardan uzoqlaşadilar. Ular bilan işlaş xavfli: sizga ham yomon baholar tuşadi.
Ikkinçidan, ularning mahsulotlari endi qimmatroq, çunki ular QQS tölaşda zaçyot ololmaydilar. Ular endi mahsulotlar narxini oşirişlari kerak böladi.
Uçinçidan, agar men – QQS tölovçisi uşbu kompaniyadan mahsulot olsam, ularning QQSini hisobga ötkazolmayman, ya’ni mening mahsulotim tannarxi ham oşadi. Natijada, musodara qilingan sertifikatlarga ega kompaniyalar quvğin kompaniyalarga aylanib, mutlaqo dahşatli şaroitlarda qolişadi. Bu nega yuz bergani – bu alohida mavzu. Bu haqda hali gaplaşamiz. Aslida, sabablar şunçalik kulgiliki, aqlga siğmaydi.
Endi tasavvur qiling, QQS tölovçilarning uçdan bir qismi, va bu asosan yirik va örta kompaniyalar, normal işlay olmaydi. Bu xuddi taşqi tajovuzkorlar mamlakatga hujum qilib, hududning bir qismini egallab olgani kabi – bosib olingan joylarda kompaniyalar işlamaydi. Soliq qömitamiz tajovuzkorlar vazifasini bajaryapti. Tadbirkorlar va jamoatçilikning keskin reaksiyasi sababi şu yerda.
Ş. Şaripov: Buning ustiga zanjirdagi uzilişlar keyingilarga ham ta’sir etadi...
Yu. Yusupov: Albatta. Bularning barçasi umumiy soliq yukini oşiradi. Va yodda tuting – “quvğin qilingan” kompaniyalar normal işlay olmaydi, pul işlay olmaydi, oddiy iş haqini tölay olmaydi va soliq tölay olmaydi. Ha, şu topda budjet zarar körmaydi, çunki QQS tölaş zanjiridagi uzilişlar tufayli kompaniyalar aslida bir xil soliqni ikki marta, uç marta tölaşlari kerak bölyapti. Bir qaraşda budjetga yaxşi. Ammo strategik jihatdan oladigan bölsak, mazkur holat kompaniyalar daromadlarini yöqotayotganini anglatadi. Va ertami-keçmi bu budjetga ta’sir qiladi.
Biz aytayotgan norozilikning sabablari – mana şular.
V. Srapionov: Köplab buxgalterlardan keskin e’tirozlarni eşitdim. Ha, vahima köryapman. Bunday şaroitda buxgalterlik kasbini yuritiş iloji yöqligini aytişyapti. Heç qaçon bunday vahima va ğazab bölmagan.
Ş. Şaripov: Eng köp e’tirozlar QQS tölovçining guvohnomasini qaytarişni töxtatiş hamda berişdan boş tortiş, jumladan, QQS tölaşda hisobga olişni taqiqlaş amaliyoti haqida eşitilmoqda. Bu amaliyot ham noqonuniy, ham iqtisodiyotga zararli degan nuqtayi nazar bor. Siz bu fikrga qöşilasizmi?
Yu. Yusupov: Mutlaqo qöşilaman, özim ham bu fikrni bir neça bor aytganman. Aytganimdek, amaliyot şundan iborat bölyaptiki, Soliq qömitasining ayrim mezonlariga köra, korxonalar QQS tölovçisi maqomidan mahrum bölib, QQS örniga qandaydir tuşunarsiz aylanma soliğini tölayaptilar. Xuddi şu aylanma soliği bilan biz 2019 yildan beri kuraşib, uni qöşilgan qiymat soliği bilan almaştirişga harakat qildik. Nega bu yomon?
Birinçidan, bu – Soliq kodeksiga zid. Kodeksda ba’zi bir ayblar uçun QQS tölovçisi maqomidan mahrum qiliş yoki uni bermaslik mumkin bölgan norma mavjud emas. Ikkinçidan, aytganimdek, bu kompaniyalarning normal işlaşi va rivojlanişiga xalaqit beradi. Ba’zilari şunçaki “öldiriladi”, çunki heç kim ular bilan muomala qilişni xohlamaydi. Bu iqtisodiyotni, QQS tölaş zanjirlarini buzadi, soliqning özini obrösizlantiradi va oxir-oqibat budjetga putur yetkazadi.
Buning yomonligiga uçinçi sabab – begunohlar jazolanadi: Soliq qömitasini nazarida aybsiz bölsa ham, ilgari tölangan QQSni soxta kompaniya tölagan bölsa, men ilgari tölangan QQSni hisobga ololmayman. Nega meni bunday jazolaşayotgani umuman tuşunarsiz.
Törtinçidan, jazo deb ataladigan narsa QQSni tölaşda buzilişlarga heç qanday aloqasi yöq. Bundan taşqari, guvohnomani qaytarib oliş yoki bermaslik bilan jazolanadigan sabablar orasida köpçiligi umuman jazolanişi mumkin bölmagan holatlarga tegişli, guvohnomani qaytarib oliş bilan jazolaş haqida gapirmasa ham böladi. Bu şunçaki noqonuniy. Keling, uşbu sabablarni batafsil körib çiqaylik.
QQS tölovçining sertifikatini olib qöyiş yoki bermaslik risklarni tahlil qilişda qöllaniladigan körsatkiçlar hisoblanadi. Şu yerda aytişim kerakki, xavfni tahlil qiliş yaxşi va foydali narsa. Bu soliq qömitasiga şubhali kompaniyalarni filtrlaş imkonini beradi. Bu nima uçun kerak? Töliq nazorat qiliş, barça kompaniyalarni ketma-ket tekşiriş bilan şuğullanmaslik uçun, balki xatti-harakatlari şubhali bölgan kompaniyalarga e’tibor qaratiş uçun. Davlat soliq qömitasida mavjud körsatkiçlar korxona tuzuk ekanini, hammasi joyida ekanini körsatsa, korxonani nega qiynaş kerak? Şu maqsadda xavf tahlilidan foydalaniladi. Bizda esa undan butunlay boşqa maqsadlarda, korxonalarni jazolaş uçun foydalanilyapti.
Quyida korxonani quvğin-kompaniyaga aylantirişga imkon beruvçi mezonlarga misollar.
Ta’sisçi (iştirokçi) töğrisidagi ma’lumotlar soliq organlarining ma’lumotlar bazasida mavjud emas.
Va şuning uçun kompaniya soliq tölovçi maqomini yöqotadi. Bu absurd! Nega? Deylik, öşa ma’lumotlar yöq. Busiz davlat yaşay olmaydimi yoki soliq tölanişiga tösqinlik qiladimi? Yana bir mezon:
Davlat röyxatidan ötgan manzilda soliq tölovçining yöqligi.
Bu nima degani? Inspektor keldi (yoki kelmagandir, kim biladi), korxona manzilida xodimlar topilmadi. Va şuning uçun kompaniya soliq tölovçi maqomini yöqotadimi? Keyingi mezon:
Amalga oşirilayotgan operatsiyalarning soliq tölovçining faoliyati xususiyati va turiga, şuningdek, elektron hisobvaraq-fakturalar tahlili natijasida olingan ma’lumotlar sotib olingan va sotilgan tovarlar (xizmatlar) assortimentiga mos kelmasligi.
Ya’ni, korxona nimani sotib olişi mumkin-mumkinmasligini mansabdor hal qiladi... Agar tösatdan mansabdor şaxsga sotib olingan narsa korxona qilayotgan iş bilan mos kelmaydigandek tuyulsa, korxona yana çetlatilganlar qatoriga kirişi mumkin.
Takror aytişim kerak, uşbu mezonlar xavfni tahlil qiliş uçun yaxşi. Agar ular alohida emas – birgalikda işlatilsa. Uşbu mezonlarga köra, ba’zi korxonalar atipik, nostandart yöl tutişlari aniq. Va bu yana ular aybdor degani emas. Bu şuni anglatadiki, ularni yanada ehtiyotkorlik bilan nazorat qiliş va tekşiriş kerak. Ammo bu mezonlardan, xususan, bitta mezondan kelib çiqqan holda, korxonani heç qanday holatda normal işlaş imkoniyatidan mahrum qilib bölmaydi!
Xuddi şu narsa boşqa mezonlarga ham tegişli:
soliq deklaratsiyasini taqdim etmaslik;
soliq tölovçining soliq qarzlari mavjudligi.
Hurmatli Soliq qömitasi, agar soliq tölovçining sizdan qarzi bölsa, u qarzini sizga tölay olişi kerak, şundaymi? U normal işlaşidan siz manfaatdorsiz. Siz esa uning işini töxtatyapsiz. Ayting-çi, u qarzini qanday qoplaydi? Bu işçini yaxşi işlatiş umidida uning qölini kesib taşlaşga öxşaydi. Absurd! Va bu hali hammasi emas.
Uluşi 50 foiz va undan ortiq bölgan ta’sisçi-yuridik şaxslarning soliq qarzlari mavjudligi.
Xöş, boşqa kompaniya qarzining menikiga qanday aloqasi bor, u ta’sisçilardan biri bölsa ham? Nima uçun kompaniya öşa kompaniyaning qarzi uçun jazolanişi kerak? Kompaniyalar boşqa kompaniyalarning qarzlari uçun javobgar emaslar va hatto jismoniy şaxslar – ta’sisçilarning qarzlari uçun ham javobgar emaslar. Çeklangan javobgarlik prinsipi mavjud. Bu qonunçiligimizda yozilgan. Uni 19-asrda inglizlar ixtiro qilgan. Va biz uni buzyapmiz. Yoki:
Bizning rahbarimiz tomonidan boşqariladigan boşqa kompaniyalarda soliq qarzlarining mavjudligi (yoki öşa kompaniya hisobotlarni taqdim etmagani).
Absurd! Balki u zarar körgan kompaniyalarni qutqaruvçi menejyerdir va u şunçaki parallel ravişda kompaniyalarda işlayapti? Bu noqonuniy emas. Agar hisoboti joyida bölsa, nima uçun boşqa kompaniya zarar körişi kerak? Bundan ham “ajoyib” ikkita nuqta:
Rahbar yoki ta’sisçi bankrot deb e’lon qilingan va qasddan soliq tölaşdan böyin tovlaganlik uçun javobgarlikka tortilgan taşkilot rahbari yoki ta’sisçisi bölgan.
Yuridik şaxsning rahbari yoki ta’sisçisi soliq xavfi yuqori bölgan va qasddan soliq tölaşdan böyin tovlaganlik uçun javobgarlikka tortilgan.
Xöş, deylik, muassis yoki rahbar bir vaqtlar javobgarlikka tortilgan. U ayb qilgan deylik ham, ammo jazolandi. U boşqa şirkatning ta’sisçisi yoki rahbari bölişga haqqi yöq, degan hukm bormi? Yöq. Unda nega bu huquqni olib qöyişyapti?
Bu inson huquqlarining haqiqiy buzilişi, Konstitutsiyaga ziddir. Yoki bu yerda yana bir mezon:
Moliya-xöjalik faoliyatini uç oydan ortiq amalga oşirmaslik.
Bu yerda umuman jinoyat yöq. Kompaniya işlamasligi uçun sabablar kammi? Mahsulotlarga talab yöq, işning mavsumiy xususiyati, pandemiya. Ya’ni, nima uçun jazolanişi umuman aniq emas. Uç oy davomida işlay olmasangiz – quvğinsiz!
Yana bir bor, bu mezonlar xavf tahlili uçun juda yaxşi, ammo kompaniyalarni soliq tölovçi maqomidan mahrum qiliş uçun – bema’ni.
Tadbirkorlar menga yozganlaridan:
Bir qança kompaniyalar asosçisi: “Eski korxonam 5 yil oldin tugatilgan. Endi ma’lum bölişiça, biroz – 600 ming sömga yaqin qarzi qolgan. Ilgari heç qanday şikoyatlar bölmagan. Eng qiziği, 2 haftadan ortiq (!) Davlat soliq qömitasida BU QARZNI QANDAY QABUL QILIŞNI HEÇ KIM BILMAYDI. Men ta’sisçi bölgan barça kompaniyalar bu mantiqsizlik tufayli “qizil rangda yondi”. 5-6 ta şirkatning faoliyati şunçaki töxtab qoldi, BYuDJYeTGA 60 million sömga yaqin soliq TUŞMAGAN...”
Kompaniyalar qança pul yöqotgan, odamlar qança iş haqi olmagan! Çeklangan javobgarlik prinsipi qanday buzilganiga misol bu. Kompaniyalar ta’sisçining qarzlari uçun javobgar bölmasligi kerak. Mantiqsizlik bu!
Boşqa bir holatda kompaniyaning tovar aylanmasi ötgan yili 1 milliard sömdan oşdi va QQS tölovçisiga aylanişi kerak. Lekin 20 kundan ortiq vaqt davomida maqom ololmadi. “16 yanvargaça sörovimiz bekor qilindi, keyin esa röyxatdan ötiş joyida yöqligi sababli röyxatga olişdan boş tortişdi. Barça ilova qilingan hujjatlar va yangi şakl böyiça röyxatdan ötgan ijara şartnomasiga qaramasdan. “Ofisni topa olmadik”, deyişdi...”
Restoran egasi şunday yozadi: “Asosiy yetkazib beruvçilar (sotuv punktlari) hammasi “qizil” bölib qoldi. Sababi nima, özlari bilişmaydi. Lekin ular bizning rangimizga ta’sir qiladi va bizning faoliyatimizga şubha uyğotadi. Mahsulotlarini qayerdan sotib olamiz? Kim bilan işlaymiz?”
Şunday qilib, muammo xavfni tahlil qiliş vositalaridan mutlaqo notöğri – korxona uçun mutlaqo noqonuniy jazo çorasini qöllaş uçun qöllanişidadir. Qöşilgan qiymat soliğini tölaş korxonaning huquqi emas, balki javobgarligidir. Xöş, bu qanday jazo – majburiyatlarni bajarişni taqiqlaş?
Xulosa şuki, QQS tölovçi maqomidan mahrum qiliş amaliyotini qat’iyan man etiş zarur. Takror aytaman: hozirda QQS tölovçi korxonalarimizning uçdan bir qismi bu maqomdan vaqtinça yoki doimiy mahrum.
V. Srapionov: Qöşimça qilgan bölardimki, Soliq kodeksida korxona qöşilgan qiymat soliğini tölaşga ötiş böyiça juda oddiy şart va majburiyat bor – bu bir milliard sömdan ortiq yillik aylanma. Uşbu mezonga köra, korxona soliqqa tortişning uşbu şakliga ötişi, soliq organlari esa uni röyxatdan ötkazişi şart. Hammasi oddiy. Va kodeksda QQS tölovçi maqomini töxtatib turiş va bekor qiliş uçun heç qanday şartlar mavjud emas.
QQS tölovçining maqomini töxtatib turiş imkoniyati va bunday töxtatib turiş oqibatlari yuqorida aytib ötilgan 595-sonli hukumat qarorida paydo böldi.
Va bu yerda men turli darajadagi qoidalar örtasidagi ziddiyatni körmoqdaman. Kodeks hali ham Vazirlar Mahkamasi qaroridan yuqori. Mamlakatimizning “Normativ-huquqiy hujjatlar töğrisida”gi qonunida şunday yozilgan. Agar bu töğri bölsa, Davlat soliq qömitasining ötgan oydagi yangi amaliyoti amaldagi qöşilgan qiymat soliği tölovçisi maqomini töxtatib qöyiş, yumşoq qilib aytganda, hayratlanarli. Buning oqibatlari esa, menimça, şunçaki halokatli.
Şu örinda bir qiziq jihat bor. Sönggi paytlarda Davlat soliq qömitasi soliq uzilişlari koeffitsiyenti sof axborot körsatkiçi ekanini bir neça bor ta’kidladi, bu şunçaki şeriklarga bölajak hamkor soliqlarni kam tölagan bölişi mumkinligi haqida signal beradi deb.
Ammo bu şunçaki ma’lumotmi? Agar korxona kontragentdan şunday yomon va xunuk koeffitsiyentni körsa, bu şunçaki ma’lumot emas, balki biznes qarorlariga ta’sir qiladi. Ya’ni QQSni qoplaş imkonsiz bölib qoladi, bu töğridan töğri sotib olingan tovarlar/xizmatlar narxining xuddi şu 15 foizga oşişini anglatadi. Demak, bu şunçaki “axborot omili” emas, balki iqtisodiy omil, jazo vositasi.
Ş. Şaripov: Naşrlarda uziliş koeffitsiyenti böyiça e’tirozli fikrlar yangrayapti. Bu nima ekanini va nima uçun biznes uni yomon körayotganini tuşuntirib bersangizlar.
V. Srapionov: Hozir juda köpçilik QQS böyiça uziliş koeffitsiyenti nima ekanini bilişni xohlaydi. Men bu noxuş koeffitsiyentni heç qayerdan, heç qanday me’yoriy hujjatda topmadim. Bu nafaqat Soliq kodeksida, oxirgi 595-çi qarorda ham yöq. Bu ajablanarli. Çunki bu koeffitsiyent elektron hisob-fakturalar körinişidagi yangi qöşimça ustun sifatida paydo böldi. Ammo EHF şakli şunçaki qoğoz yoki ixtiyoriy planşet emas, u 14.08.2020 yildagi 489-son hukumat qaroriga 2-ilovada örnatilgan. Bunday hujjatga har qanday özgartiriş faqat Vazirlar Mahkamasi qarori bilan ruxsat etiladi. Şu örinda savol tuğiladi – QQS böyiça farq koeffitsiyentining paydo bölişi uçun qonuniy asos bormi?
Bizning korxonamiz misolida bu koeffitsiyent juda bahsli parametr ekanini köriş mumkin. 23 dekabrda biz koeffitsiyentning maksimal qiymatini kördik – “1”, “bordo” rangda. Lekin soliqdan qarzimiz yöq! Oxirgi 20 yil içida bölmagan ham – Soliq qömitasining barça oçiq ma’lumotlar bazalarida körişingiz mumkin. Sabablar haqida söraganimizda, tovarlar/xizmatlar yetkazib beruvçilarimizning soliq qarzlari borligini aytişdi. Öz navbatida, “bordo” koeffitsiyenti bizni boşqa şeriklar uçun “toksik” qildi. Biz bilan işlaşni davom ettirmaydiganlar çiqdi.
Öz navbatida, biz ham yuqori koeffitsiyentlarga ega boşqa hamkorlarimiz bilan işlay olmasligimizni tuşunamiz, çunki biz ularning QQSni hisobga ololmaymiz. Natijada mahsulotdagi soliq yukini jarayonning barça iştirokçilariga taqsimlovçi QQS birdaniga 15 foizlik aylanma soliğiga aylandi. Ajoyib! Şuning uçun men “falokat” sözini aytdim. Çunki işlab çiqariş faoliyati uçun bu haqiqiy falokat!
Xuddi şu narsa eksportçilarga ham tegişli, ular QQSni qaytarişni aynan şu omilga kamaytiradi. Yaqinda, 17 yanvar kuni bölib ötgan matbuot anjumanida bu haqda bevosita Soliq qömitasi raisi aytib ötdi. Bu qançalik qonuniy va asosli? Bu haqda hali aytaman. Eksportçilarga QQSni qaytariş – jahon amaliyoti, bunda ğayrioddiy narsa yöq, lekin men bilamanki, köplab eksportçilar allaqaçon yuqori koeffitsiyent olganlar, ya’ni ular QQSni qaytarişning sezilarli miqdorini yöqotadilar. Bu ularning keyingi eksport faoliyatiga, mamlakatdagi valuta tuşumlariga qanday ta’sir qiladi? Öylaymanki yomon.
Yu. Yusupov: Şu munosabat bilan men Soliq qömitasidan nafaqat koeffitsiyentlarni qanday hisoblayotganini, aniqlayotganini tuşuntirişini, balki Soliq kodeksiga rioya qilişini ham söramoqçiman. Soliq tölovçilar Soliq kodeksi talablariga rioya qilişlari şart – bu aniq. Ammo Soliq qömitasining özi ham Soliq kodeksi normalariga kam bölmagan darajada rioya qilişi kerak.
Ş. Şaripov: Soliq ma’murçiligini raqamlaştiriş köp muhokama qilinmoqda. Foydali narsaga öxşaydi. Lekin negadir norozilik bilan uçraşdi.
Yu. Yusupov: Foydali va zarur narsa. 5-10 yildan buyon amalga oşirilayotgan raqamlaştiriş soliq organlarining ham, biznesning ham hayotini ança osonlaştirdi. Ammo biz aytayotgan sönggi özgarişlar biznes uçun vaziyatni yomonlaştiradi, uning xarajatlarini sezilarli darajada oşiradi.
Moliya idoralari vaziyatni tuzatişga urinayotgani bu yaxşi. Va biz bu vaziyatdan ma’lum saboq olişimiz kerak. Raqamlaştiriş tayyorgarlik bilan bölişi kerak. Muammo şundaki, bu qadamlarga yaxşi tayyorgarlik körilmagan. Soliq organlarida kompyuter quvvati yetarli emas, bularning barçasini tayyorlaydigan, haqiqatga moslaştira oladigan malakali mutaxassislar yetişmaydi. Juda köp keraksiz ma’lumotlar töplanadi, işonçim komilki, töplangan ma’lumotlarning 99 foizi heç qayerda işlatilmaydi.
Ya’ni, biznes uçun xarajatlarni minimallaştiriş kerak, hatto siz juda foydali iş bilan şuğullansangiz ham. Bu biznesga qanday ta’sir qilişini, qançalik köp mehnat talab qilişini va xarajatlar özini oqlaydimi, yöqmi – öylaşimiz kerak.
Aslida, ma’lumotni allaqaçon mavjud dasturiy mahsulotlardan töplaş mumkin. Buning uçun siz 1C va 1UZ bilan mos keladigan tizimni işlab çiqişingiz kerak. Buxgalterlar özgarişlarni sezmaydilar va heç qanday noqulaylik bölmaydi.
Buning örniga biznesning ahvolini keskin yomonlaştirgan qandaydir ulkan murakkab axborot tizimini öylab topişdi va biznesning soyaga tuşişiga sabab bölişyapti. Vositalar maqsad (iqtisodni soyadan çiqariş) uçun emas, balki maqsadga qarşi işlayapti.
V. Srapionov: 2020 yildan boşlab elektron hisobvaraq-fakturalar (EHF) tizimi joriy etildi va ança muvaffaqiyatli işlamoqda – ajoyib tizim, raqamlaştiriş afzalliklarining aniq natijasi. Bu buxgalterning ham, soliq organlarining ham işini sezilarli darajada osonlaştiradi – hamma narsa töliq şaffof böldi, kiruvçi va çiquvçi EHFni töliq röyxatga oliş, QQS summalarini avtomatik hisoblaş va hisobga oliş. Soliq organlari endi korxonalarga borib, bir dasta qoğoz hujjatlarni tekşirişlari şart emas, köp kunlik tekşirişlarga hojat qolmaydi, soliq inspektorlari korxonalar hisobotini yanada mazmunli nazorat qilişga ulgurdi. Çunki “işxonadan çiqmasdan” hammasi körinib qoldi, hammasi şaffof. Ajoyib yeçim!
Ammo biz raqamlaştiriş böyiça unçalik muvaffaqiyatli bölmagan urinişlarni ham köryapmiz – masalan, yuqorida aytib ötilgan MXIK. Bu qadam hali tayyor emas, yakunlanmagan. MXIKni joriy etiş hozirgaça faqat ayrim sohalarda çeklangan foydalaniş uçun qoldirilgani yaxşi böldi. Bu – paxta, şişa, sement, yoğoç. Ammo bu sohalar uçun ham savollar mavjud.
Masalan, “şişa” nimani anglatadi? Bu şunçaki şişa listlarimi yoki şişa buyumlarmi? “Yoğoç” nima? Yoğoç mahsulotlarining butun assortimentimi? Misollar köp. Afsuski, sözlar qanday tuşunilişi kerakligi heç qayerda yozilmagan. MXIK nimani qamrab olişi-olmasligi haqida juda aniq körsatmalar bölişi kerak.
Bu – haqiqatda katta hajmdagi axborot. Va mahsulot assortimenti doimiy ravişda, har kuni, deyarli har bir yangi tovarlar yetkazib beriş bilan töldiriladi. Va har bir yangi pozitsiya yangi MXIKni talab qiladi, u röyxatdan ötişi, ma’lumotlar bazasiga kiritilişi kerak va men onlayn kassa apparatlarida işlaydigan sotuvçilar qanday buni eplaşini tasavvur etolmayman. “Korzinka” yoki “Makro” kabi yirik savdo tuzilmalari buni qilişlari mumkin – ular yuqori darajadagi avtomatlaştirişga ega. Kiçik sotuvçilarçi?
Ş. Şaripov: Naşrlarda Soliq qömitasi öz vakolatlarini oşirib, Soliq kodeksining ayrim qoidalaridan notöğri foydalanayotgani haqidagi iddaolarga duç kelaman. Xususan, gap xavf tahlilidan foydalaniş amaliyoti, kameral auditini ötkaziş va kodeksning tegişli ekspertiza töğrisidagi qoidalari haqida bormoqda. Bu haqda bizga köproq ma’lumot bera olasizlarmi?
V. Srapionov: “Lozim darajadagi ehtiyotkorlik” degan narsa bor. Bu Soliq kodeksining 15-moddasida körsatilgan. Faqat uçta paragraf bor, ularning barçasi ma’no jihatidan juda oddiy. Oxirgi, uçinçi xatboşida aytilişiça, soliq organlari soliq tölovçilarga barça xöjalik yurituvçi sub’yektlar töğrisida umumiy ma’lumot beradi. Bu esa Davlat soliq qömitasining rasmiy veb-saytida mukammal tarzda amalga oşirilgan. Rahmat. Agar kerak bölsa, har kim potensial şerikning soliq holatini tekşirişi va uning faol tadbirkorlik sub’yekti ekanini körişi mumkin.
Ammo yaqinda soliq organlari uşbu moddani öziga xos tarzda şarhladilar: sotuvçi korxona tölamagan soliqlarni sotib oluvçi korxonaga yuklaş huquqi deb. Bu yuqorida aytib ötganimizdek, QQS uzilişi koeffitsiyenti orqali amalga oşirildi. Ammo 15-moddada bunday narsa yöq! U yerda oddiy va aniq yozilgan, agar kontragent biron bir sababga köra bitim böyiça öz majburiyatlarini bajarmagan bölsa (masalan, u pulni olgan, lekin tovarni yetkazib bermagan bölsa), unda bunday ayançli natijadan yöqotişlar sizga tegişli, ya’ni sizning foydangizdan. Va bu tuşunarli va juda adolatli.
Kameral tekşiruvida yana bir notöğri talqinni köraman. Korxona ortiqça tölangan QQSni qaytariş uçun ariza berganida kameral tekşiruv majburiydir. Bu ikki yildan beri (yangi Soliq kodeksiga muvofiq) amalda bölgan umumiy tartibdir. 17 yanvar kuni yuqorida aytib ötilgan brifingda Soliq qömitasi raisi QQSni qaytariş QQS böşliği koeffitsiyentiga moslaştirilişini ma’lum qildi, ya’ni eksportyorning uçinçi tomon yetkazib beruvçilari tomonidan soliqlarni tölamaganiga qarab.
Kameral auditning maqsadi va mazmuni Soliq kodeksining 138-moddasida belgilangan. Uşbu moddaga qaraymiz. Matnda soliq tölovçining kassa tekşiruviga uçinçi şaxslarning moliyaviy va soliq hisobotlarini kiritiş imkoniyati haqida heç qanday eslatma yöq. Uçinçi şaxslardan hujjatlarni söraş Soliq kodeksining 147-moddasida nazarda tutilgan bölsa-da. Ammo bunday sörov “... tekşirilayotgan soliq tölovçining faoliyati” haqidagi hujjatlarga taalluqli (masalan, ikki tomonlama hujjatlarni – şartnomalar, aktlar, hisob-fakturalarni va boşqalarni taqqoslaş, va bu tuşunarli). Uçinçi şaxslarning soliq va moliyaviy hisobotlariga emas!
Ikki tomonlama hujjatlarni söraş odatiy hol, bu har doim şunday bölgan va bunga heç qanday e’tiroz yöq. Ammo boşqa xöjalik yurituvçi sub’yektlar tomonidan soliqlarni tölamaganlik uçun tekşirilgan soliq tölovçiga moliyaviy javobgarlikni qöllaş qonuniy asosga ega emas. Bu Soliq kodeksining 138- va 147-moddalarida yöq. Demak, bu amaliyot notöğri, noqonuniydir.
Va bu yerda menda oddiy savol bor. Soliq qömitasi real vaqt rejimida barça soliq tölovçilarning EHFsini köradi. Kiruvçi va çiquvçi EHF registrlarini va tegişli QQS summalarini köradi. Bu şuni anglatadiki, u qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tölanişi kerak bölgan QQS summalarini köradi. Va agar tösatdan kimdir, negadir, öz vaqtida soliq tölamasa, Soliq qömitasi buni köradi. Xöş, nega tölamaganlardan soliq qarzini undirmaslik kerak? Davlat soliq qömitasiga bu borada vakolat berilgan. Nega endi boşqa odamlarning qarzlari özga korxonaga, ya’ni vijdonli soliq tölovçiga ötkazilmoqda? Bunda heç qanday mantiq yöq va bu hayratga sabab bölyapti. Bu, albatta, adolatli emas. Yana aytamanki, Soliq kodeksi matnida bunday narsa yöq.
Yu. Yusupov: Biz yana Soliq kodeksini erkin, özboşimçalik bilan izohlaşga duç kelmoqdamiz. Lozim darajadagi ehtiyotkorlik kompaniya işlab çiqaruvçisiga şunçaki işoradir: “Kim bilan işlayotganingizni kuzatib boring va muammolaringiz uçun siz javobgar bölasiz”. Soliq qömitasi esa kodeksni şunday izohlaydi: “Hamkoringiz tölamasa, ular uçun soliqni siz tölaysiz”. Bu kodeksda yöq.
Xatarlarni tahlil qilişda ham xuddi şunday: korxonalarni keyinçalik nazorat qiliş maqsadida ularni saralaşning mutlaqo normal vositasi ularni soliq tölovçi maqomidan mahrum qiliş vositasiga aylantirildi. Ammo Soliq kodeksida bunday narsa yöq. Yaqin ham kelmagan.
Bu yerda faqat bir narsani aytişimiz mumkin: iltimos, hurmatli Soliq qömitasi, Soliq kodeksiga rioya qiling! U biz – soliq tölovçilar uçun qonun bölganidek, soliqlarni töğri tölaşimizni nazorat qiluvçi idora uçun ham qonun bölişi kerak. Va agar siz özingiz qonunlarni buzsangiz, bizdan soliq tölaşni talab qilişga ma’nan haqqingiz yöq. Siz noqonuniy xatti-harakatlaringiz bilan biznesni yaşirin iqtisodiyotga olib borayapsiz.
Ş. Şaripov: Köpçilik öylaganidek, bugungi kunda soliq organlari va soliq tölovçilar örtasidagi özaro munosabatlarda manfaatlar muvozanati buzilganmi? Bunday muvozanatga qanday erişiş mumkin?
Yu. Yusupov: Menimça, muvozanat buzilgan, qattiq buzilgan. Bu Soliq kodeksining ba’zi, bosqiçma-bosqiç bunga moslaştirilayotgan ayrim qoidalari bilan boğliq bölişi mumkin. Lekin, eng avvalo, Soliq qömitasi amaliyotida muammolar bor va bu – Soliq kodeksining qoidalariga zid.
Nima uçun muvozanat buzilgan va uni qayta tiklaş nega qiyin? Özbekiston yoş davlat va biz demokratik tamoyillarga asoslangan davlat sifatida endigina rivojlana boşlayapmiz. Mamlakatimizda, afsuski, demokratik davlatlardagi kabi tiyib turiş va muvozanat mexanizmlari, hokimiyatning böliniş mexanizmlari haligaça yaxşi işlamayapti. Bu muvozanatni, birinçi navbatda, sud tizimining yaxşi işi tufayli saqlab qoliş mumkin.
Qaysi biri davlat idorasi, şu jumladan, Soliq qömitasi qonunni buzsa, soliq tölovçi bundan zarar köradi, u sudga murojaat qiladi va sud, kim bölişidan qat’i nazar, sudlanuvçining maqomiga emas, qonunga qaraydi. Va sud aytadi: ha, qonun buzilgan va körsatilgan zararni qoplang, şuningdek, qonunni buzganlarni jazolang. Afsuski, bu bizda işlamayapti, sud-huquq tizimimiz bu vazifani bajarmayapti yoki juda yomon bajaryapti. Şunga köra, soliq tölovçilar va ularga qarşi bölgan boşqa tomon teng bölmagan vazn toifalarida. Soliq tölovçilarning şikoyat va sörovlari esa, matbuotdagi çiqişlaridan taşqari, umuman olganda, Soliq qömitasiga bas kelolmayapti. Ammo, afsuski, boşqa vositalar yöq.
Bunday vaziyatda nima qiliş kerak? Demokratik institutlar, sud-huquq tizimini rivojlantiriş kabi tuşunarli umumiy narsalar bor. Şuningdek, bizda, bu holatda öz saylovçilari uçun turişi mumkin bölgan qonun çiqaruvçi hokimiyat mavjud.
Şuningdek, hukumat biror narsa qilişga qaror qilsa, öz qarorlarini oldindan muhokama qilişi uçun qöşimça qayta aloqa mexanizmlarini yaratiş kerak. Bu borada normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini dastlabki muhokamadan ötkaziş amaliyoti qöllanilmoqda. Bizda bu tartibni çetlab ötişga urinişlar bor. Davlat organlari, jumladan, Soliq qömitasi, Moliya vazirligi va boşqa organlar jamoatçilikka quloq tutişi kerak. Köplab tanqidiy şarhlar, köplab şikoyatlar mavjud, ammo tegişli organlar şunçaki eşitmaydi, heç qanday munosabat bildirmaydi. “Har qanday holatda ham bu maqsadga erişişimiz kerak” degan tuşunçada bölişadi. Ammo amaliyot şuni körsatadiki, siz şunday harakat qilsangiz, usullar, oqibatlar haqida öylamasdan harakat qilsangiz, köpinça maqsadga erişa olmaysiz. Aksinça, teskari natija olinadi.
Biznes hamjamiyatimizni qonuniylaştiriş va iqtisodiy taraqqiyotni jadallaştirişdek töğri ezgu maqsadni amalga oşiriş uçun tegişli adekvat usullarni qöllaş zarur. Jamoatçilik, ekspertlar, işbilarmonlar bilan juda yaqin aloqada bölib, fikr-mulohazalarini olişimiz kerak. Aks holda, teskari natija oliş mumkin.
Ş. Şaripov: QQS tölovçi maqomidan mahrum etilgan 55 ming korxona... Iqtisodiyotga yetkazilgan, heç bölmaganda taxminiy zararni baholaş mumkinmi?
Yu. Yusupov: Iqtisodiyotga yetkazilgan zararni aniqroq ma’lumotlarga ega bölsak hisoblaşimiz mumkin: ular qanday korxonalar, qanday aylanmasi bölgan, qança muddatga qöşilgan qiymat soliği tölovçi maqomidan mahrum bölgan va h.k. Ammo bu faqat töğridan töğri zarar emas. Bunday xatti-harakatlar davlatga işonçsizlikni kuçaytiradi. Keyinçalik, davlat töğri qarorlar qabul qilsa ham, işonçsizlik turaverişi mumkin. Bu umumiy muhitni, xususan biznes muhitini yomonlaştiradi. Bu uşlab körib bölmaydigan narsadir. Ammo bu yanada xavfliroq.
Ha, işbilarmonlik muhitining holati ba’zi miqdoriy ifodalarga ega: soliq yukining hajmi, turli ruxsatnomalar soni va boşqa ma’muriy tösiqlar. Ammo “işonç” atamasi bilan aniq boğliq bölgan boşqa narsalar ham bor. Tadbirkorlarning bir-biriga işonçi haqida gapirdik. Va bu juda muhim, çunki korxonalar bir-biriga işonmasa, böşliqlar nisbati tufayli bu iqtisodiyotga katta zarar keltiradi, çunki bitimlar tuzilmaydi. Bunday notöğri jazo çoralari işonçni yöq qiladi.
Biznesda ham, davlatga nisbatan ham işonçning yöqligi yomon biznes muhiti bölib, u iqtisodiy rivojlanişga zarar yetkazadi.