Putin javob sanksiyalari to‘g‘risidagi farmonni imzoladi - Rossiyadan xorijga valuta chiqarish cheklanadi

Foto: AP
Rossiya prezidenti Vladimir Putin «AQSh va unga qo‘shilgan xorij davlatlari va xalqaro tashkilotlarning nodo‘stona xatti-harakatlari munosabati bilan maxsus iqtisodiy choralar qo‘llash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Hujjat imzolanishi bilan kuchga kirdi, deb xabar berdi «Meduza».
Jumladan, 1 martdan boshlab Rossiya rezidentlari:
- xorij valutasini xorijdagi banklar va moliya tashkilotlarida ochilgan hisobraqam va omonatlariga o‘tkaza olmaydi;
- xorijdagi to‘lov xizmati ko‘rsatuvchilar (bank hisobraqamini ochmasdan) elektron to‘lov vositalaridan foydalangan holda pul o‘tkazmalarini amalga oshira olmaydi;
- qarz shartnomalari bo‘yicha norezidentlarga xorij valutasini o‘tkaza olmaydi.
Bundan tashqari, Rossiya rezidentlari — tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari — norezidentlarga tovar sotish va xizmat ko‘rsatishdan o‘z hisoblariga tushgan valuta aylanmasining 80 foizini sotishlari shart. Buni farmon kuchga kirganidan so‘ng uch kun muddat ichida amalga oshirish lozim.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Ukrainada maxsus amaliyot boshlaganidan so‘ng Rossiyaning qator banklariga nisbatan sanksiyalar joriy etildi. Bundan tashqari, G‘arb davlatlari Rossiya banklarini SWIFT xalqaro to‘lov tizimidan uzishga qaror qildi.
Tavsiya etamiz
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Namangan va Nukusda jamoat transporti YeTTB ko‘magida modernizatsiya qilinadi
O‘zbekiston | 08:53
-
NBC: Tramp Rossiyaning iltimosiga ko‘ra Kellogni muzokaralardan chetlashtirdi
Jahon | 08:20
-
“Zarafshon” milliy tabiat bog‘i va ikkita davlat qo‘riqxonasi hududi kengaytirildi
O‘zbekiston | 08:00
-
«Rossiyaning navbatdagi manipulyatsiyalari». Zelenskiy Putinning o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga bergan javobini izohladi
Jahon | 01:23
Mavzuga oid

23:23 / 13.03.2025
Tramp Putinning o‘t ochishni to‘xtatish borasidagi bayonotini «umidbaxsh, lekin to‘liq emas» deb atadi

23:00 / 13.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi

21:28 / 13.03.2025
Rossiya mamlakatga kirish taqiqlangan YeI fuqarolari ro‘yxatini kengaytirdi

21:18 / 13.03.2025