Ursula fon der Lyayyenning sözlariga köra, quyidagi çeklov çoralari köriladi: 

  • Rossiya bank bozorining 70 foiziga va asosiy davlat kompaniyalari, şu jumladan mudofaa sohasida faoliyat yurituvçi kompaniyalarga ta’sir qiluvçi moliyaviy sanksiyalar;
  • energetika sohasidagi sanksiyalar, şundan keyin Rossiya neftni qayta işlaş zavodlarini modernizatsiya qila olmaydi;
  • Rossiyaga samolyotlar va aviatsiya uskunalarini sotişni taqiqlaş;
  • Rossiyaning texnologiyalar, şu jumladan yarimötkazgiçlardan foydalanişini çeklaş;
  • viza sanksiyalari - diplomatlar va biznes vakillari endi Yevropa ittifoqi mamlakatlariga kiriş imtiyozlaridan foydalana olmaydi. 

Avvalroq, Ukraina prezidenti xalqqa yangi murojaat bilan çiqqandi. 

U Rossiya harbiylari uçun «birinçi raqamli nişon» sifatida belgilanganini ta’kidladi. Biroq, u Kiyevning hukumat kvartalida qolmoqda. 

Prezident fuqarolarni yolğon ma’lumotlarga işonmaslik, komendantlik soatiga rioya qiliş va ehtiyot bölişga çaqirdi.